Abu said

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Abu said (1305-1335) – Hulokuiylar davlati hukmdori (1316–35). O‘ljoytuxonnit o‘g‘li. 1313 yil Xuro-son noibi etib tayinlanib, yoshligi sa-babli uni otaliq yordamida idora etgan. 1316 yil otasi vafot etgach, Hulokuiylar davlati taxtiga o‘tirgan bo‘lsada, davlatni uning nomidan amir Choban boshqarib turgan (1327 yilgacha). A.S. davrida Misrga qarshi uzoq vaqt olib borilgan urush pirovardida o‘zaro sulh bilan yakun-langan, Oltin O‘rda va Chig‘atoy ulusidan qilingan hujumlar qaytarilgan, Kichik Osiyoda mo‘g‘ullar hukmronligi yanada mustahkamlangan. A.S. otasi O‘ljoytuxon zamonida davlat dini dara-jasiga ko‘tarilgan shialik ta’limotiga chek qo‘yib, o‘z tangalarida yana choryorlar (to‘rt xalifa – Abu Bakr, Umar, Usmon va Ali) nomini zarb qildirgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Abu said" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil