Abu nazr samarqandiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Abu nazr samarqandiy (Abu Nazr Muhammad ibn Mas’ud al-A’yoshiy as-Sulamiy), (10-asr) – fiqx olimi. Xurosonda bosh imomlik qilgan. Arab tilida 208 ta asar yozgan. Bulardan "Kitob sirat abiy" ("Otamning tarjimai holi kitobi"), "Kitob sirat Umar" ("Umarning tarjimai holi kitobi"), "Kitob al-muvazzah" ("Izohlangan narsalar haqida kitob"), "Kitob sirat Muoviya" ("Muoviyaning tarjimai holi kitobi") kabi asarlari diqqatga sazovordir. Ayniqsa uning "Tafsir as-Sulamiy" kitobi mashhur bo‘lib, nemis sharqshunosi K.Brokkelmanning yozishicha, bu asarning Ibrohim ibn Ahmad al-Qummiy tomonidan qaytadan ishlangan nusxasi bizgacha yetib kelgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Abu nazr samarqandiy" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil