Saolibiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Abu mansur as-SAOLIBIYdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Saolibiy, Abu Mansur Abdulmalik ibn Muhammad ibn Ismoil asSaolibiy (961 — Nishopur — 1038) — yozuvchi, adabiyotshunos, tilshunos va tarixchi olim. Arabiston, Iroq, Ispaniya, Xuroson va Movarounnahr boʻylab sayoxat qilgan. 992 yilda Buxoroga, soʻng Xorazmga kelgan. Xorazmshoh Abul Abbos Maʼmun (hukmronlik davri: 1009— 17) saroyida xizmat qilgan, unga atab asarlar yozgan. S.ning "Yatimat uddahr fi mahosin axl alasr" ("Asr axlining fozillari haqida zamonasining durdonasi") tazkirasi mashhur boʻlib, u oʻsha davr Movarounnahr, Xorazm, Xuroson va arab adabiyoti haqidagi noyob manbadir. Asarning ilk nusxasi 994— 1000 yillarda yozilgan boʻlib, muallif 1011 — 17 yillarda uni qayta ishlab toʻldirgan va xorazmshoh Abul Abbos Maʼmunga taqdim etgan. Tazkira muqaddima va 4 qism (40 bob)dan iborat boʻlib, unda 10-asr hamda 11-asr boshlarida arab tilida ijod qilgan movarounnahrlik va bir qancha xurosonlik shoirlar hayoti hamda ijodi yoritilgan. "Tatimmat alYatima" ("Yagona durdonaga qoʻshimcha", 1032—38) asarida esa "Yatimat uddaxr" ga kirmay qolgan yoki keyinchalik tanilgan yana 209 shoir (ulardan 104 nafari Movarounnahr va Xurosondan) haqida maʼlumot berilgan.

S.ning "Kitob latoif almaorif" ("Ajoyib maʼlumotlar haqida kitob") asari buvayhiylar sulolasi vaziri asSohib (995 y. v.e.)ga bagʻishlangan. S islomgacha va islom davrida oʻtgan koʻplab shoirlar, mashhur kishilar, xalifalar, lashkarboshilar va ularning taxalluslari, toʻgʻrisida nodir maʼlumotlar keltirgan. Asarda muhim tarixiyetnografik maʼlumotlar, S. va unga zamondosh arabiynavis shoirlarning sheʼrlaridan parchalar mavjud.

"Fypap axbor muluk alfurs va siyarihim" ("Eron podshoxlari haqidagi xabar va hikoyalar sarasi") nomli tarixiy asar, "Shohnoma" va bir sheʼriy devon ham yaratgan. "AtTamassul valmuxozarat" va "Mubhij" asarlarini Qobus ibn Vushmgir (hukmronlik davri: 978—1012) ga bagʻishlagan. S.ning koʻplab asarlari Ismatulla Abdullayev tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

Manbalar[tahrir]

  • Yatimat uddahr [4j.], T., 1976; Tatimmat alYatima ("Yatimat uddahr" 4qismining qoʻshimchasi), T., 1990; Kitob latoif almaorif, T., 1987; Ajoyib maʼlumotlar, T., 1995.

Adabiyot[tahrir]

  • Abdullayev I., Abu Mansur asSaolibiy, T., 1972.