Abu hafsi kabir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Abu hafsi kabir (767 – Buxoro – 832) – islom olamining fikhshunos olimi. Imom Buxoriy bilan zamondosh. Buxorodan Bagʻdodga borib, imom Muhammad ibn Hasan Shayboniy (804 yil v.e.)ga shogird tushgan. Abu hafsi kabir fiqh bo‘yicha mashhur bo‘lgan. O‘g‘li Abu Abdulloh ham islom olamida taniqli. Uni otasi bilan yanglishtirmaslik maqsadida ulamolar otasini Abu Hafsi kabir, o‘g‘lini Abu Hafsi sag‘ir deb ataganlar. Islom olamining islom qonunshunosligi asoslarini yaratgan yirik olim boʻlgan. Narshaxiyning yozishicha, uning sharofati bilan Buxoro „Qubbat ul-islom“ – „Islom dinining gumbazi“ unvonini olgan. Abu hafsi kabir fiqhning turli masalalari yoritilgan „Al-Ahvoʻ-val-ixtilof“ („Havoyi gaplar va kelish-movchiliklar“), „Ar-raddu alal-Laf-ziyya“ („Yuzaki qarovchilarga raddiya“) kitoblarining muallifidir. Abu Hafsning oʻziga „Kabir Buxoriy“ – „Buxoriylarning kattasi“ va „Hojatbaror imom“ degan unvonlar berilgan, oʻgʻli Abu Abdulloh (Abu Hafs Sagir Buxoriy; 877 yil v.e.) ham otasi singari fiqh ilmida peshqadam boʻlgan. Abu hafsi kabir Buxorodagi Darvozai nav qarshisidagi tepalikda dafn etilgan. Buxoroliklar u joyni muqaddas sanab, „Haqrah“ („Haq yoʻl“) va Xoja Imom Abu Hafs deb ataganlar. Mustabid sovet tuzumi davrida uning qabri va atrofidagi meʼmoriy yodgorliklar buzib tashlangan.[1]

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Husniddinov Z., Ibrohimov N. 16-bet. -T: „Davlat ilmiy nashriyoti“, 2004.