Abu bakr homid shoshiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Abu bakr homid shoshiy, Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Homid Shoshiy (1007, Shosh – 1092, Hirot) – imom, alloma, shofiʼiylik shay-xi. Oʻz yurtida fiqh ilmini Abu Bakr as-Sanjiydan oʻrgangan. Tarixchi Abu Saʼd Samʼoniyning yozishicha, A.B.-H.Sh. uning bobosi Imom Abulmuzaf-far Samʼoniyning Marvdagi ashoblaridan boʻlgan, taqvodor, zohid, doimo ilm bilan mashgʻul boʻlgan. Fiqh ilmida "imom" darajasiga yetishgan. Gʻazna sultoni uni saroyga taklif etgan. Bu yerda olim oila qurib, bola-chaqali boʻlgan hamda asarlar yozgan. Soʻngra Nizomulmulk uni Hirotga chor-lagan. Hirotdagi "Nizomiya" madrasasida mudarrislik qilgan. Shu yerda u Mansur al-Qogʻaziy, yurtdoshi Haysam ibn Kulayb Shoshiydan hadis ilmini oʻrgangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Abu bakr homid shoshiy" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil