Abu Ubayda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ismi, laqabi. Abu Ubayda, Amin al-Ummah – "Ummatning omonatdori" Tug'ilgan joyi, sanasi 583 Makka shahri Vafoti 638 Hozirgi Iordaniya


Hizmat ko'rsatgan sanalari 634 - 638 Qo'shindagi lavozimi Halifatning oliy qo'mondoni (634-638)

Qatnashgan janglari Musulmonlar – Quraysh o'rtasidagi janglar Halifalikning janglari.

Aamir ibn `Abdulloh ibn al-Jarrah (583-638) (Arabchasi: أبو عبيدة عامر بن عبدالله بن الجراح Abū ‘Ubayda ‘Āmir bin ‘Abd Allāh bin al-Jarroḥ), ko'proq Abu 'Ubaydah ibn al-Jarrah nomi ila tanilgan bu inson Payg'ambarimizning buyuk izdoshlaridan biri edi. Umar r.a Halifaligi zamonida Musulmon qo'shining katta qismida qo'mondon sifatida ish olib borgan. Umar r.a tomonidan o'zidan keyin Halifalik lavozimiga tavsiya etilganlardan biri hisoblanadi.

Erta Hayoti. Abu Ubayda r.a milodiy 583 yilda kasbi tijoratchi va savdogar bo'lgan Abdulloh ibn al Jarrohning honadonida dunyoga keladi. Kelib chiqishi tarafdan Qurayshning Bani al Horiz ibn Fihr urug'idan deya e'tirof etiladi. O'sib ulg'aygan Abu Ubayda Islomni qabul qilgunicha ham Qurayshliklar orasida o'zining odobi, hulqi va jasorati tufayli juda qattiq hurmat qilinar edi.

Islomni qabul qilishi 611 yilga kelib Payg'ambarimiz s.a.v Makkaliklar orasida tavhidga – Allohning yagonaligiga da'vat qila boshlagan edilar. Islomga chaqiruvni avvalo o'z oilalalari va yaqinlaridan boshlagan edilar. Birodarlaridan ilk inson Abu Bakr r.a Iymonga kelgan bo'lsa, undan bir kungina ortda qolib Abu Ubayra r.a Iymon kalimalarini aytgan edilar.

Habashistonga hijrat

Abu Ubayda boshqa musulmonlar singari Makkadagi bacha qiyinchiliklar va zulmlarni boshidan o'tkazdi. Barcha qatorida u ham Qurayshning zulm va tajovuzlarga sabr ila javob berar edi. Habashistonga hijrat qilib ketgan ilk musulmonlarning ko'kraklariga shabada tekkach, Makka shahrida qolgan musulmonlarga bo'lgan zulm yanada kuchli davom ettirila boshlandi. Islomni qabul qilganlar orasida Abu Ubayda r.a o'z urug'ida yagona edi va bu albatta ta'ziyqlarning qanday shiddatli bo'lganligidan dalolat beradi. Payg'ambarimiz s.a.v Makkada qolgan musulmonlarga ham Habashistonga hijrat qilib ketishlariga tavsiya berdilar. Natijada Abu Ubayda r.a 83 erkak va 20 ayol kishidan iborat guruh ila Hozirgi Efiyopia shahriga jo'nab ketishdi.

Madina shahriga hijrat.

622 Milodiy yilda Abu Ubayda r.a ko'pchilik musulmonlar qatorida Payg'ambarimiz ko'rsatmalari asosida Makkadan Madina shahriga hijrat qiladi. Madinaga kelarkan Payg'ambarimiz Muhojirlarni yerning tub aholisi bo'lmish ansorlar bilan juft juft qilib birodarlashtirib qo'ydilar. Abu Ubayda r.a ning birodari Muoz ibn Jabal r.a etib tayinlandi. Musulmonlar Madinada tahminan bir yil atrofida to Quraysh Madinaga qo'shin tortib kelmaguncha tinch osuda hayot kechirishdi.

Muhammad s.a.v davrlaridagi harbiy harakatlar. - Badr va Uhud janglari 624 Milodiy yilda Abu Ubayda Musulmonlar va Quraysh o'rtasida kechgan ilk Badr Jangida qatnashdi. Jangda uning iymoni og'ir sinovga duch keldi. Jang qizib borar ekan, Qurayshliklar tomonida o'z otasi bo'lmish Abdulloh ibn al-Jarroh unga hujum qilib kela boshladi. Abu Ubayda r.a o'zini qanchalik olib qochmasin otasi uning yo'lini kesib chiqaverdi. Sabr kosasi to'lgan Abu Ubayda otasi bilan jangga kiradi va qatl qiladi. Qur'onning Al-Mujodala surasidagi quidagi oyatlar (22-oyat) Abu Ubayda r.a haqida nozil bo'lgan deya olimlar ta'kidlashadi: “Аллоҳга ва охират кунига имон келтирадиган қавмнинг Аллоҳ ва Унинг пайғамбарига мухолифлик қилувчилар билан – гарчи улар ўзларининг оталари ёки ўғиллари ёки оға-инилари ёки қариндошлари бўлсалар ҳам – дўстлашаётган ҳолда топмассиз. Айнан ўшаларнинг дилларига (Аллоҳ) имонни битиб қўйган ва уларни Ўз (томон)идан бўлмиш руҳ (имон нури ёки Қуръон) билан қувватлантирган. У уларни остидан анҳорлар оқиб турадиган, улар мангу қоладиган (жаннатдаги) боғларга киритур. Аллоҳ улардан рози, улар ҳам (Аллоҳдан) рози бўлурлар. Айнан ўшалар Аллоҳнинг ҳизби (динининг ҳимоячилари)дир. Огоҳ бўлингки, албатта, Аллоҳнинг ҳизбигина нажот топувчидир!”

625 Milody yilda Abu Ubayda Musulmonlar va Quraysh o'rtasidagi ikkinchi jang – Uhud jangida qatnashadi. Qo'li baland kelib g'olib bo'laytogan musulmonlarga Holid ibn al Valid yon qanotdan o'z otliqlari bilan hujum qilib g'alabani mag'lubiyatga aylantiradi. Shunda ko'pchilik musulmonlar jang maydonini tashlab ketishgacha borishadi, bir qismi esa o'z yerlarida sobitqadam bo'lishadi. Abu Ubayda r.a sanab o'tilganlar qatorida Payg'ambar s.a.v ni Qurayshliklar hujumidan himoya qilish bilan mashg'ul bo'ladi. Ahvol shu darajada og'irlashgan ediki, mushriklar Payg'ambarimizga zarba berishga ham erishishdi va natijada ul zotning boshlaridagi dubulg'aning ikki halqasi yuzlariga kirib qoldi. Ushbu ikki halqani sug'urib tashlash asnosida Abu Ubayda r.a ning oldingi ikki tishi har halqani sug'urganda bittadan sinib tushadi. Keyinchalik Abu Bakr r.a bu haqida: “Bizning ichimizdagi eng chiroyli ko'mshuk Abu Ubayda edi” deydilar.

-Yahudiy qabilalar bilan nizolar. Keyinchalik 627 Milodiy yilda Abu Ubayda r.a Handaq g'azotida va Banu Qurayzani mahv etishda qatnashadi. Bundan tashqari atrofdagi qishloqlarga hujum qilib tinchlik bermayotgan Zoliba va Anmar qabilalarini mahv etishga yuborilgan qo'shinga ham qo'mondonlik qiladi. Bir yil o'tib – 628 Milodiyda, Quraysh va Musulmonlar o'rtasida imzolangan Hudaybiya tinchlik shartnomasining guvohlaridan biri sifatida imzo chekadi. Shu yilning ohiriga kelib esa Musulmonlarning Haybarga qilgan hujumlarida qatnashadi.

-Qo'mondon sifatida qatnashgan janglari. 629 yilda Payg'ambarimiz s.a.v Amr ibn al Osni Daat al Salosilga qo'shin bilan jo'natadilar. U yerga yetib borgan Amr ibn al Os qo'shimcha kuch so'rab chopar jo'natadi. Payg'ambarimiz s.a.v musulmonlarning bir guruhini shu jumladan Abu Bakr va Umar r.a lar ni Abu Ubayda qo'mondonligi ostida jo'natadilar. Ular g'animga hujum qilib uni mag'lub etadilar. Keyinchalik bu jang Abu Ubayda ibn al Jarroh Sariyasi deya nom qoldiradi. Shu yilning o'zida, yana bir guruh uning boshchiligida Quraysning karvon yo'llarini aniqlash maqsadida jo'natiladi.

-Muhammad s.a.v hayotlari ohirlarida kechgan janglar 630 Yilda Hudaybiya sulhi bekor bo'lishi ortidan Musulmonlar Makka shahrini egallash uchun qo'shin tortib keladilar. Abu Ubayda 4 qismga bo'linib shaharning 4 tomonidan kirib kelgan musulmonlar qo'shining biriga rahbarlik qiladi. Shu yilning ohirlarida Abu Ubayda Hundayn jangida va Toifning egallanishida ham qatnashadi. Muhammad s.a.v o'zlari qo'mondonlik qilgan Tabuk janggida ham qatnashadi. Tabukdan qaytishlarida Najrondan Nasroniylarning bir guruhi Payg'ambarimiz s.a.v huzurlariga keladi va o'zlarining Islom diniga qiziqishlarini va ularga ishonchli bir kishini qo'shib berishlarini toki bu kishi ular orasida shariyat asosida hukm qilishini va shariyat ahkomlaridan ta'lim berishlarini so'rashadi. Bu ishga Muhammad s.a.v Abu Ubaydani tanlaydilar. Keyinchalik Abu Ubayda r.a Bahrainga Payg'ambarimiz tomonlaridan zakot va jizya to'plovchi etib ham tayinlanadi. 632 yilda Payg'ambar s.a.v vafot etganlarida Abu Ubayda Makka shahrida ed.

Abu Bakr r.a davrlaridagi harbiy harakatlar. 632 yilda Payg'ambarimizning vafotlari ortidan Madinada Banu Sa'idaning Saqifa yerida Islom ummatiga boshliq saylash munozarasi bo'lib o'tadi va Abu Ubayda r.a Umar va Abu Bakr r.a lar bilan birgalikda u yerda hozir bo'ladilar. Umar r.a Abu Ubayda r.a ga qo'lini uzatishini va u unga bay'at berishini so'raydi. Abu Ubayda r.a bunga rad javobini beradi va Abu Bakrdan qo'lini berishini va unga bay'at berishini aytadi va bunga o'z sabablarini ko'rsatadi. Alalhusus Abu Bakr r.a Islom ummatining birinchi Halifasi etib saylanadi. Tez orada Ridda janglari bo'lib o'tadi. O'z qaddini tiklab olgan yangi Islom davlati boshida turgan Abu Bakr r.a Iroqni egallash uchun Holid ibn al Validni qo'shinga sarkarda etib jo'natadi. So'ngra esa halifa Liviyaga musulmonlarning qo'shinini 4 qismga bo'lib jo'natadi va Abu Ubayda ularning biriga Amir etib saylanadi. Uning vazifasi Sharjil ibn Hassananing ortidan qo'shinni Tabuk yerlari orqali olib o'tib Emessa shahrini egallash etib tayinlanadi. Abu Ubayda r.a 634 yilda Iroqdan Holid ibn al Valid kelguniga qadar Musulmonlarning Suriyadagi lashkarlariga Amirlik vazifasida bo'ladi. Iroqdan kelarkan Holid ibn al Valid Abu Ubaydaga turgan shahridan to u Busra shahriga yetgunicha jilmaslikka buyruq beradi va ikki qo'shin u yerda birlashadi. Bir oz muddat qamaldan so'ng Busra shahri 634 yilning Iyul oylari o'rtalarida taslim bo'ladi. Bu Jangda musulmonlar tarafdan 130 kishi halok bo'ladi. Tez orada Musulmonlarga Quddus shahrining Janubiy-G'arbiy tarafida tahminan 24 km masofada joylashgan Ajnadayn shahrida Vizantiyaning tahminan 90.000 kishilik qo'shini yig'ilgani haqida habar yetib keladi. 634 yilning 24 iyul kuni Musulmonlarning barcha qo'shinlari Holid ibn al Valid qilichi ostida birlashadilar. Ikki oradagi jang 30 Iyul kuni bo'lib o'tadi va bu jang tarihda Ajnadayn janggi nomi ostida muhrlanib Musulmonlarning qat'iy g'alabasi bilan yakunlanadi. Bir hafta o'tib Abu Ubayda Holid ibn al Valid bilan qo'shinni Damashq shahri tomon boshlab ketishadi. Yo'lda ularga Vizantiyaning yana bir qo'shini duch keladi. Jang 634 yilning Avgust oyi o'rtalarida bo'lib o'tadi va Yakusa Janggi nomi ostida tarihga Musulmonlarning g'alabasi bilan muhralanadi. O'sh paytda Damashqda hokim bo'lib turgan Vizantiyaning noiblari bo'lmish Kaloiis va Azrail musulmonlarni to'htatish uchun yana bir qo'shin jo'natadilar. 634 yilning 19 Avgust kuni bo'lib o'tgan Maraj – al- Safar janggida Holid ibn al Validning qo'li yana baland keladi. G'alabadan bir ko'n o'tib musulmonlar qo'shini Damashqqa yetib keladi va uni qamalga oladi. Qamal 30 kun davom etadi. Shu 30 kun davomida Vizantiya Imperatori Heraklius tomonidan qo'shimcha yordam kuchlari jo'natiladi. Holid ibn al Valid ularni Damashqdan tahminan 32 km masofada qarshi oladi. Tarihda Sanita ala Uqob nomi bilan iz qoldiran bu to'qnashuv Musulmonlarning g'alabasi bilan yakunlanadi. Jangdan qaytish zamonoq Holid shaharga yana hujum qiladi va bu safar shahar himoyasini yorib o'tib qalaning Shimoliy-Sharqiy qismidan ichkariga kirishga muvaffaq bo'ladi. Huddi o'sha vaqtda Qalaning Bab al Jabiyya (Jabiyya darvozasi) qismini qamal qilib turgan Abu Ubayda r.a ga Imperatorning kuyovi bo'lmish Tomas 634 yilning 19 Sentyabr kuni shaharning taslim bo'lganini bildirib chiqadi. Holid ibn al Validning Sharqiy darvozadan hujum amalga oshirib ichkariga kirganligidan behabar Abu Ubayda, Sharjil ibn Hassan va Amr ibn al Oslar Shaharga omonlik berishga ulgurishgan edi. Bunga Holid ibn al Valid noiloj rozi bo'ladi. Shaharda qolishni Istaganlarga Jizya solig'i solinadi beriladi. Jizya to'lab shaharda qolishni istamagan Vizaniyaliklarga 3 kunlik muhlat beriladi va shu muddat ichida barcha boylik va oila a'zolari bilan imkonlari boricha uzoqroqqa qochib ketishga imkon berishlari aytiladi. O'sha vaqtda Musulmonlar Emessa shahrigacha bo'lgan yo'lni o'z nazoratlari ostida ushlab turishar edi. Shundan kelib chiqqan holda Vizantiyaliklar G'arbiy tomonga yurib so'ng Shimolga – Beqaa Vodiysiga qarab qochishadi. 3 kunlik muhlat payoniga yetganidan so'ng Holid otliq Musulmonlar qo'shini bilan Emessa orqali qisqa yo'ldan yurib Beqaa vodiysining Shimoliy-G'arbiy qismida Vizantiyaliklar Antiokka olib boruvchi tog'likl yo'lga yetay deganda yetib oladi va ikki orada Maraj-al Debaj nomi bilan tanilgan jang bo'lib Vizantiyaliklar mag'lub etiladi.


 Umar r.a davrlari.

- Abu Ubaydaning qo'shin Qo'mondoni etib tayinlanishi 634 yilning 22 Avgust kuni musulmonlarning birinchi Halifasi bo'lmish Abu Bakr r.a vafot etib o'rniga Umar r.a Halifa etib saylanadi. Yangi Halifaning birinchi qilgan ishlaridan Holid ibn al Validni Islom davlati qo'shini qo'mondoni vazifasifasidan olinib o'rniga Abu Ubayda r.a ning uning o'rniga tayinlanishi bo'ldi. Buning asosiy sababi Musulmon qo'shini erishayotgan zafarlar Holid ibn Valid tufayli emas balki Alloh tomonidan berilayotgan ne'matligini isbotlash uchun edi deb aytiladi. Bunining yana bir sababi, Holid ibn Valid tabiatan juda sahiy inson bo'lganligi sababidan o'z askarlining jangda ko'rsatgan jasoratlarini taqdirlash uchun juda ko'p mablag'idan vos kechvorishi edi. Qo'shinni boshqaruv uchun yondashuv turlicha bo'lganidan, jangovor yurishlarda bir muncha sekinlashuv bo'ldi. Chunki Abu Ubayda sekin harakat qilar, biroq Holid aksincha u jangdan bu jangga huddi bo'rondek borar va kutilmagan joydan, shiddatli zarbalar berib g'animlarini yer tishlatar edi. Suriyaning bosib olinishi davom etarkanm Abu Ubayda r.a Holidni iloji boricha yonidan uzoqqa ketqazmas va ko'pincha uning maslahatlariga tayanib ish ko'rar edi.

     Markaziy Liviyaning egallanishi.

Abu Ubayda r.a qo'shin Qo'mondoni etib tayinlanganidan oz muddat o'tib, Beyrutning Sharqida joylashgan Abu al Qudsda (hozirgi Abla) har yili o'tkaziladigan bozorga hujum qilish uchun Musulmonlarning kichik guruhini jo'natadi. Bozor Vizantiyalik va Nasroniy Arab lashkarlar tomonidan qattiq qo'riqlanar edi. Himoyada turgan ushbu lashkarlarning soni hufiyalar tominidan hato hisoblangani sababli Musulmonlar guruhi tezda o'rab olinadi va ahvol tanlashib qoladi. Bu haqida habar topgan Abu Ubayda yuborilgan guruh tamoman qirilib ketmasdan Holidni tezda yordamga jo'natadi. Tezda yetib kelgan Holid 634 yillning 15 Oktyabr kuni bo'lib o'tgan Abu al Quds janggida g'animlarni mag'lub etib ortga juda katta o'ljalar va yuzlab Vizantiyalik asirlar bilan qaytadi. Markaziy Liviyaning Musulmonlar tomonida egallanishi Vizantiyaga qaqshatkich zarba bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi. Endilikda Shimoliy Suriya bilan hozirgi Falastin yerlari orasidagi aloqa uzilgan edi. Abu Ubayda r.a endigi maqsadi askarlarni dengiz sathidan tahminan 150 metr balandlikda joylashgan Fahl yerlarini (hozirgi Pella) boshlash va u yerda ham Halifalikning bayrog'ini ko'tarish bo'ldi. Bu yerlar Vizantiyaning juda kuchli lashkarlari va ilgariroq sodir bo'lgan Ajnadayn to'qnashuvi dan tirik qolgan askarlar tomonidan qo'riqlanar edi. Fahl Yerlarlari joylashuvi jihatdan strategik muhim ahamiyatga ega edi. Chunki aynan shu yerdan Vizantiyaliklar agar Sharqiy tarafga hujum uyushtirsalar Musulmonlarning Arab yarim oroli bilan aloqalari batamom uzilib qolar va bu o'z o'rnida noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin edi. Yana muhim omillardan biri shu ediki, orqa tarfda dushmanning shunday kuchli qo'rg'onini zabt etmagan holda Falastin egallanishi haqida orzu ham qilmasa bo'lar edi. Shuning uchun ham Musulmonlar Fahl tarafga yurishni boshladilar va ikki o'rtada 635 yilning 23 yanvar kuni bo'lib o'tgan Fahl Janggida ularning qo'li baland keldi. Emessa uchun Janglar va Ikkinchi Damashq janggi. Falastin va Iordaniyaning egallanishi uchun muhim bo'lgan jang amalga oshib Musulmonlarning qo'li baland kelganidan so'ng, lashkar ikki guruhga bo'lindi. Sharjil va Amr ibn Al Os r.a lar birgalikda Falastinni zabt etish uchun yo'lga otlanishgan bo'lsa, Abu Ubayda va Holid r.a lar nisbatan kattaroq lashkarlar bilan Lebanon va Shimoliy Suriyani egallash uchun yo'lga chiqishdi. Musulmonlar Fahlni egallashayotgan paytda, Heraklius vaziyatdan foydalanib qolish kerakligini fahmladi va “Teodor Trizirius” nomli lashkarboshisini oz sonli Musulmonlar qo'riqlayotgan Damashq shahrini qaytarib olish uchun jo'natdi. Vizantiyaliklar yo'lga chiqishlaridan bir oz muddat o'tib Musulmonlar Fahlni qo'lgan olishgan va Emessa sari otlanishgan edi. Yarim yo'lga yetar yetmas Musulmonlarga Vizantiyaliklar Maraj al Rome nomli manzilda duch kelishdi. To'qnashuv boshlanishidan oldingi kechada Teodor yarim armiyasini tun qorong'usida Damashqqa kutilmagan zarba berish va egallash maqsadida jo'natib yuboradi. Bundan hufyona habar topgan Holid, Abu Ubaydaning roziligi bilan, qo'shinning eng chopqir qismini ajratib Damashqqa shoshiladi. Vizantiyaliklarni quvib yetadi va Damashq uchun kechgan ikkinchi jangda ularni mag'lub etadi. Bu orada Abu Ubaydaning lashkarlari Vizantiyaliklarning qolgan yarim qo'shini bilan jangga kirib ularni ham yenggadi. Bir hafta o'tib, Abu Ubayda Yupiter Ibodathonasi joylashgan Baalbek (Heliopolis) tomon otlanadi. Ozgina qarshilik ko'rsatkan shahar Musulmonlarga Jizya to'lashga rozi bo'ladi va taslim etiladi. So'ngra Abu Ubayda Holidni Emessaga jo'natadi. Emessa va Halsis shaharlari bir yil muddatga sulh taklif etishadi. Abu Ubayda ularning taklifini qabul qiladi. Emesa va Halsisni egallagandan ko'ra o'z e'tiborini bosib olingan – Hama va Maarra al Nu'monlarga yerlariga qaratishni afzal ko'radi. Boshqa tarafdan Tinchlik sulh taklifi Imperator Herakliusning maxfiy ko'rsatmasi bilan Musulmonlar bilan bo'lishi kerak bo'lgan hal qiluv janggiga tayyorgarlik uchun vaqtdan yutish maqsadida aytilgan edi.Bundan tashqari bu vaqt Shimoliy Suriyadagi shaharlarni ( hozirgi Lebanon, Suriya va Janubiy Turkiya ) ham himoyasini mustahkamlash uchun muhim edi. Antiokda katta lashkar to'plagan Imperator, ularni Suriyaning Emessa va Halsis shaharlariga madad kuchlari sifatida jo'natdi. Shaharga qo'shimcha kuchlarning kelib tushishi Musulmonlar bilan kelishilgan Tinchlik sulhiga zid edi. Shuning uchun Abu Ubayda va Holid Emessaga yurish boshlashadi. Holidning old qismidan duch kelgan g'anim lashkarlari mag'lubiyatga uchratiladi va Musulmonlar shaharni qamalga olishdi. 6 oylik qamaldan so'ng 636 yilning Mart oyida shahar taslim bo'ldi va Musulmonlar shaharni egallashdi.


 Yarmuk Janggi.

Emessa shahrini egallashgach Musulmonlar qo'shini Shimol tarafga – Suriyaning barcha Shimoliy qismlarini egallash uchun yo'lga otlanishdi. Holid r.a o'zi bilan qo'shinning asosiy qismidan tez harkatlanuvchi guruhini ajratib oldida barchadan oldin Shimoliy qismlarga hujum qilish uchun ot choptirib ketdi.Shayzer degan manzilga yetganda Holid Halsis shahriga oziq ovqat vaboshqa ta'minotlar olib ketayotgan karvonning yo'lini kesib chiqdi. Asir olingan askarlarni so'roq qilinganda ular Imperator Herakliusning butun Suriyani qaytarib olish rejasini tuzayotganligini va bu ish tezda sodir bo'lajagini ma'lum qiladilar. Buning uchun Imperator tahminan 200 000 sonli qo'shinini tez orada Suriya sarhadlariga yuborajagini aytadilar. Holid o'zining guruhini o'sha yerda to'htatadi. Bo'lib o'tgan janglardan so'ng Heraklius Musulmonlar bilan endi yuzma yuz jang qilishdan o'zini olib qocha boshlagan edi. Imperator endigi safar juda katta qo'shinni kutilmaganda jo'natib Musulmon lashkarlarini bir-biridan ajratib qo'ygan holda yuzlanib ularni o'rab olib yanchib tashlash rejasini tuzgan edi. Bu rejani amalga oshirish uchun 636 yilning Iyun oyida besh qismdan iborat 200 000 sonli qo'shin Suriyaga yuboriladi. Holid Imperatorning bu rejasini sezib qoladi va Musulmon qo'shining alohida alohida holda mag'lub etilishidan juda havfsirab qoladi. Harbiy Majlis chaqiriladi va Holid Abu Ubayda r.a ga Musulmon askarlarini barchasi bir yerga jamlashni va shundan keyingina Vizantiyaliklarga qarshi jangga chiqishni maslahat beradi. Shunga ko'ra Abu Ubayda r.a bosib olingan barcha shahar va qalalardagi musulmon jangchilarig achopar yo'llab ularni Jabiya yeriga yetib kelishlariga buyruq beradi. Bu kutilmagan harakat Herakliusning tuzgan rejasini chippakka chiqaribgina qolmay, Musulmonlarga yengil kavaleriyadan unumli foydalanishga zamin yaratadi. Musulmon askarlari Jabiyada to'planib bo'lishgacha Holidning maslahati va Abu Ubaydaning buyrug'iga ko'ra barcha qo'shin Yarmuk daryosi yaqinidagi maydonga borib joylashishadi. Bu orada Holid o'zining guruhu bilan dushman lashkarlarining old qismiga zarba beradi va buning bilan ko'chib o'tayotgan Musulmonlarga qarshi amalga oshirilishi mumkin bo'lgan kutilmagan zarbani oldini oladi. Musulmonlar qo'shini Yarmuk maydoniga 636 yilning Iyul oyida yetib kelishadi. Bir yo ikki hafta o'tgacha Iyulning o'rtalarida Vizantiyaliklar ham yetib kelishadi. Vizantiyaliklarning bosh qo'mondoni Vahan o'zining Nasroniy arab qo'shinlarini dushmanning kuchini bilish uchun jangga tashlaydi. Holidning tez harakatlanuvchi guruhi ular bilan jangga kiradi va yengib, omon qolganlarini asir oladi. Kelasi bir oy mobaynida ikki qo'shin o'rtasida muzokaralat bo'lib o'tadi. Holid Vizantiyaliklarning bosh qo'mondoni Vahan bilan uning qo'nalg'asida uchrashadi. Bu orada, Musulmonlar safiga Halifa Umar r.a tomonidan jo'natilgan yordamchi kuchlar kelib qo'shilishga ulguradi. Abu Ubayda harbiy majlis chaqiradi va Musulmonlar qo'shinini boshqarishni Holidga topshiradi. Nihoyat 15 avgust kuni Yarmuk janggi boshlanadi va 6 kun davom etadi. Jang Vizantiyaliklarning uzil kesil tor mor etilishi bilan yakun topadi va tarihda kechgan eng shiddatli janglar qatoridan joy oladi. Mag'lubiyatning asorati shunchalik katta ediki, bu jangdan so'ng buyuk Vizantiya Imperiyasi o'zini o'nglay olmaydi. Bu mag'lubiyat Vizantiya shaharlini Musulmonlar tarafidan osongina zabt etilishiga katta sabab bo'ladi. Yarmuk janggi Suriyada shu kungacha bo'lib o'tgan eng katta jang hisoblanib Holid ibn Valid r.a ning janggovar mahoratini yana bir bor tasdig'i bo'ladi.

Quddusning (Ierusalim) zabt etilishi.

Vizantiyaliklar sarosimada har tarafga tarqab ketishganda, Musulmonlar Yarmuk janggigacha egallangan joylarni qayta qo'llariga olishdi. Abu Ubayda r.a lashkarboshilari bilan majlis o'tqazadi va keyingi egallanishi lozim bo'lgan yerlar haqida reja tuzadilar. Barchaning fikri Quddusning egallanishi lozimligi haqida birlashadi. Quddusning qamali 4 oy davom etadi va shundan keyingina qamaldagilar bir shart bilan taslim bo'lishlarini e'lon qiladilar. Bu sharti shu ediki halifa Umar r.a o'zi shaxsan tashrif buyurishi lozim edi. Amr ibn al Os Holidning Halifaga juda o'xshashligini ta'kidlab uni Halifa sifatida jo'nataylik degan maslahat beradi. Holidni tanib qoladilar.' Nihoyat Umar r.a o'zi tashrif buyuradi va shahar 637 yilning Aprel oyida taslim bo'ladi. Shundan so'nga qo'shin yana bir bor qismlarga bo'linadi: Yazidning bo'limi Damashq sari yurib Beirutni qo'lga kiritadi. Amr va Sharjeellarning qismi Falastinning qolgan qismini egallash uchun yo'lga otlanishadi. Abu Ubayda va Holidlar esa qo'shinning asosiy qismi bo'lgan 17000 sonli lashkar bilan Shimoliy Suriyani butunlay bo'ysindirish uchun yo'lga chiqishadi. Yo'lda Holid ajrab chiqadi va Hazir tomonga ketadi Abu Ubayda esa Halsisga qarab yuradi.

Shimoliy Suriyaning zabt etilishi.

Emessani qo'lga kiritgach, Holid va Abu Ubayda qo'shinlari yana birlashib Vizantiya uchun o'ta muhim sanalgan Halsis qal'asi tomon yurishdi. Aynan Halsis qal'asi orqali Vizantiyaliklar Anatoliyani, Heraklning vatani hisoblanmish Armeniyani va Osiyo taraflarning asosiy shahri hisoblangan Antiohni himoya qilishar edi. Qal'a himoyasi asli Yunon bo'lmish Menas ismli obro'si faqatgina Imperatordan keyingi o'ringa qo'yiladigan qo'mondon va uning yunonistonlik askarlarliga topshirilgan edi. Menas Vizantiyaning odatiy jang qilish usullaridan boshqacharoq yo'l tutib, Musulmon armiyasining oldingi qismini boshlab kelayotgan Holid boshliq guruhni asosiy qismlari yetib kelgunicha qarshi olib Halsis shahrining Shimoliy tarafida tahminan 5 km masofada joylashgan Hazir yerlarida yanchib tashlashni rejalashtiradi. Bu Jang tarihda Hazir janggi nomi ostida muhrlanadi. Holidning g'alabasi bilan yakunlanganligi habar halifaga yetib kelganda Umar r.a ham uning mahoratiga tan beradi va quidagi so'zlarni aytadi: “Holid haqiqiy harbiy qo'mondondir, Abu Bakrga Allohning rahmati bo'lsinki u mendan ko'ra odamlarga yaxshiroq baho bera olar edi”. Holid g'alaba qozongach, tez orada unga Abu Ubayda kelib qo'shiladi va ular Halsis tomon yo'l olishadi. 637 yilning Iyun oyida qal'a taslim bo'ladi. Ushbu o'ta muhim g'alaba Musulmonlar qo'shiniga Halsisning shimoliy taraflariga yurish imkoniyatini ochib berdi. Qo'shin bu imkoniyatdan foydalangan holda endigi yo'lni Aleppo shahri tarafga tanlashdi va shahar 637 yilning Oktyabr oyida taslim etildi. Keyingi qo'yilgan maqsad Vizantiyaining Osiyo yerlarining markazi hisoblangan Antioh shahri etib belgilandi. Antiohga yurish qilishdan oldin, Holid va Abu Ubayda shaharni Anatoliyadan ajratib qo'yishga qaror qilishdi. Shuning uchun bir qism askarlar Shimoliy tarafga jo'natildi va Imperiya tomondan yordamchi kuch sifatida yuborilishi mumkin bo'lgan ehtimolning oldi olindi. Yo'l yo'lakay musulmonlar Aleppodan 50 km masofada joylashgan Azaz qo'nalg'asini ham egallashdi va shu yerni Antiohning Sharqiy qismiga zarba berish uchun ishlatishdi. Bir tarafdan Imperiyani saqlab qolish uchun jon jahdi bilan kurashayotgan shahar himoyachilari va Musulmonlar o'rtasida tarihda Temir ko'prik nomi ostida qolgan qaqshatgich jang bo'lib o'tdi. Vizantiyaliklar safida Yarmuk va Suriyada kechgan boshqa to'qnashuvlardan omon qolgan askarlar jang qilishdi. Ohir oqibat mag'lub etilgan Vizantiyaliklar shaharga kirib olishdi va Antioh musulmonlar tarafdan qamalga olindi. Imperatordan yordam kelishidan umidini uzgan shahar himoyachilari 637 yilning 30 Oktyabr kuni taslim bo'lishdi. Taslim bo'lish shartlariga ko'ra ularga Konstantinoplgacha havfsiz yo'lak tashkil etib beriladi.

Abu Ubayda r.a Holid r.a ni Shimoliy tarafga jo'natib o'zi Janubga qarab harakat qilib yo'lidagi Lazkia, Jabla, Tartus va Lebanong tog'larining g'arbidagi qirg'oq yerlarini zabt etadi. Shimolga harakat qilayotgan Holid Anatoliyaning Qizil Daryo (“Kizilirmak”) hududigacha bo'lgan yerlarni egallaydi. Bu vaqtga kelib Imperator Heraklius allaqachon Antiohni tashlab allaqachon qochib ketishga ulgurgan edi. Imperator yo'l-yo'lakay Al-Jazira va Aremeniadagi shahar qalalariga himoya uchun qo'shimcha askarlar tashlab ketadi va o'zi Konstantinoplga ravona bo'ladi. Konstantinoplga ketarkan, Marashni egallab Munbijga qarab ketayotgan Holid ibn Validning askarlariga yo'liqishiga bir bahya qoladi – Imperator yo'lini tog'liklar sari burib Silisian Darvozalari orqali yurib qutulib ketadi. Aytishlaricha Imperator ketarkan quyuidagi so'zlarni aytadi: “-Alvido, Abadiy alvido ey Suriya, Mening go'zal hududim. Sen endi dushman qo'liga qoldirib ketayapman. Imperatorning bu so'zlarni aytishiga katta sabablar bor edi. Yarmuk jangida qaqshatgich mag'lubiyatga uchragandan so'ng, uning imperiyasi Musulmonlar tomonidan sodir etilishi mumkin bo'lgan hujumlariga bardosh bera olmas edi. O'zining tirik qolgan oz sonli qo'shini bilan endi Imperator Suriyani qaytib qo'lga kiritishni orzu ham qilaolmas edi. Aksincha, Imperiyasining qolgan qismlarida gi qalalarda himoyaga tayorgarlik ko'rishga ulgurish uchun, Musulmonlarning Suriyani egallash bilan ovora bo'lib turganlari unga afzalroq edi. Huddi shu vaqtda Nasroniy arablarning katta qo'shin to'plashganligi va Abu Ubaydaning qarorgohi bo'lib turgan Emessaga qarab yurishni boshlaganliklari ham Imperatorga qo'l keldi. Nasroniy arablar Emessani qamal qilishganida Musulmonlarning jamiki qo'shinlari u yerga to'plangan edi. Holid ibn al Valid esa qamalda o'tirishdan ko'ra ochiq jangga chiqishni taklif etadi, biroq Abu Ubayda bo'lgan voqeani halifa Umar r.a ga maktub ila tezda habar beradi. Halifa Iroqda qolgan Musulmonlar qo'shinini Nasroniy arablarning vatani bo'lgan Al-Jaziraga 3 tarafdan hujum qilishga buyruq beradi. Bundan tashqari Iroqqa al Qodisiyya janggiga ketayotgan, Yarmuk janggining qahramonlaridan bo'lgan Qa'aqa ibn Amrni to'g'ri Emessaga borishga amr qilib o'zi ham 1000 kishilik qo'shin to'plab Madinadan yo'lga chiqadi. O'z ona yurtlari bo'lgan Al-Jaziraga hujum bo'layotganini eshitgan Nasroniy arablar qamalni bas qilishib ortlariga qaytib ketishadi. Shu payt Holid va uning tez harakatlanuvchi lashkarlari Emessadan chiqishadi va Dushmanning ort tomonidan hujum qilib ularni mag'lub etishadi.

Armeniya va Anatoliyadagi janglar.

Holidning g'alabasidan so'ng Halifa Al-Jazirani egallashga buyruq beradi va bu ish 638 yilning yozida amalga oshiriladi. G'alabadan so'ng Abu Ubayda Holid va Ayaz ibn G'anamni (Al-Jazirani egallagan qo'mondon) Al-Jaziraning Shimolidagi Vizantiya Imperiyasiga tegishli yerlarni egallashga buyruq beradi. Alohida -alohida yo'lga chiqqan bu ikki qo'mondonlar yo'llaridagi Edessa, Amida (hozirgi Diyarbakir), Malatya va Araratgacha bo'lgan butun Armeniyani egallab Shimoliy va Markaziy Anatoliyaga ham hujum qilishga erishishadi. Bu vaqtga kelib Heraklius Musulmonlar egallagan yerlar va Anatoliya orasida buffer zona tashkil etish maqsadida Antioh va Tartus yerlaridagi barchi qal'alarni tashlab chiqib ketadi. O'z o'rnida Umar r.a ham Musulmonlar lashkarlarini Anatoliyani ichkarilariga kirib ketishdan qaytaradi va endilikda Suriyaning hukmdori bo'lgan Abu Ubaydani barcha e'tiborini Suriyaga qaratishga buyuradi. Aytishlaricha o'sha paytlarda Halifa quidagi so'zlarni aytgan ekan: “Qanidi ular bilan bizning o'rtamizda olovdan devor bo'lganidaki na biz ularning yerlariga kiraolsak va na ular bizning yerlarimizga kiraolishsa”. Bir oz vaqt o'tib Holidning lashkarlar safidan chiqarilishi va Suriyaga kelgan o'lat kasalligi sababli Anatoliyaning egallanishi to'htab qoldi. Anatoliya va Armeniyaga qilingan hujum Holidning Musulmonlar qo'shini tarkibidagi faoliyatiga yakun yasadi.

Katta ocharchilik.

O'sha yilning ohirlarida butun Arabiston yerlari qurg'oqchilikka yuz tutdi, va juda ko'p insonlar ochlik va qurg'oqchilik sababli tarqagan kasalliklar sababli vafot etishdi. Natijada, son sanoqsiz musulmonlar (yuz minglab) butun Arabiston yerlaridan Madina shahriga oqib kela boshlashdi. Juda tez orada Madina shahrining ham oziq ovqat zahiralari tugay boshladi. Halifa Umar r.a tezlikda viloyatlarning hokimlariga yordam so'rab maktublar yubordi. Maktublardan biri Abu Ubaydaga yetib keldi va u bunga tezda javob qaytardi: - “Men senga shunday karvon jo'natyapmanki uning bir boshi Suriyada bo'lsa bir boshi Madinada bo'ladi”. Javob hatiga muvofiq, Abu Ubaydaning yuborgan oziq ovqat ortilgan 4000 tuyadan iborat yordam karvoni Madinaga birinchi bo'lib yetib keldi. Bunday katta sonli karvonni eplash uchun Haliga Abu Ubaydani oziq ovqatlari Madina shahridan tashqarida kun kechirayotgan minglab insonlarga tarqatish uchun tayinladi. Abu Ubaydaning bergan yordamidan hursand bo'lgan Halifa unga 4000 dinor pul mukofot tariqasida beradim biroq bu ishlar holis Alloh uchun qilinganini aytib u kishi mukofotni olishdan bosh tortadi,

Katta O'latning tarqashi.

Qurg'oqchikdan 9 oy o'tib yana yangi qiyinchiliklar yuzaga kela boshladi. O'lat kasalligi butun Suriyaga va G'arbiy Iroq yerlariga tarqay boshladi. Kasallik ayniqsa Suriya yerlarida keskin tus oldi. O'lat kasalligi haqidagi habar Umar r.a ga yetib kelganidi Halifa Suriyaga qarab safarga chiqqan edi, biroq hamrohlarining maslahatlariga ko'ra safarini Suriya chegarasida yakunlab ortga qaytishga qaror qiladi. O'sha yerda Halifa bilan uchrashgan Abu Ubayda unga: - “Ey Umar, Allohning tadiridan qochib ketasmi?” deya so'raydi. Umar r.a bu savoldan ajablanadi va: - “Qaniydi buni sendan boshqa odam aytsa edi ey Abu Ubayda, Ha men Allohning taqdiridan Allohning taqdiriga qochayapman” deya javob beradi.

Umar r.a Suriyaga kirmasdan ortga qaytib ketishiga Payg'ambar s.a.v dan vorid bo'lgan – O'lat kasalligi tarqagan yerga kirmaslik va u yerdan chiqmaslik haqidagi hadis ham sababchi edi. Abu Ubayda r.a esa ortiga – Emessaga o'z lashkari yoniga qaytib ketadi. Suriyada tarqagan bu safargi o'latni tarih hali ko'rmagan edi. Aholining ko'p qismi qirilib ketishga yuz tutdi. Abu Ubayda r.a ni o'zidan keyin Halifa etib saylab ketish niyatida bo'lgan Umar r.a uning o'lat tarqagan yerda qolishini istamadi va unga hat yo'lladi: - “Sen ba'zi bir ishlar yuzasidan Madinada keraksan. Agar yuborgan ushbu hatim kechqurun sening qo'lingga tegsa tong otmasdan yo'lga chiq. Agar kunduz kuni yetib kelsa kech tushmasdan tezlikda yetib kel”. Abu Ubayda r.a ga Halifaning hati yetib kelganida u : “Umar r.a ga nimaga kerakligimni bilaman. U boqiy bo'lmagan bir insonni saqlab qolmoqchi” dedi va Halifaga shunday hat yozdi: - “Senga kerakligimni bilaman. Biroq men hozirda Musulmonlar qo'shinidaman va barchamizga kelgan narsadan o'zimni saqlab qolishga hohishim yo'qdir. Allohning hohishi bo'lmaguncha ulardan ajrashni hohlamayman. Shuning uchun, ushbu hat senga yetib kelganida, buyrug'ingni bekor qilishingni va menga shu yerda qolishga ruxsat berishingni so'rayman. ” Halifaga ushbu hat yetib kelganida uning ko'zlari yoshga to'ldi va hat keltirgan chopardan: “Abu Ubayda vafot etdimi?” deya so'radi, chopar: “Yo'q lekin o'lim unga yaqindir” deya javob berdi. Halifa unga yana chopar jo'natdi va agar kelmasang ham, shahardan aholidan holiroq bo'lgan yerga chiqqin degan ma'noda hat yo'lladi. Abu Ubayda r.a Jabiya yeriga ko'chib o'tdi.

O'limi.

Abu Ubayda r.a Jabiyaga ko'chib o'tishi bilan unga o'lat kasali yuqdi. O'limi yaqinlashayotganini sezarkan, lashkarlarini to'plab ularga ushbu mashxur vasiyatni qildi: Sizlarga bir nasihat berayki u bilan doim haq yo'lda sobitqadam bo'lasizlar – Namozni barpo qiling, Ramazon oyi ro'zasini tuting, Sadaqa bering. Hajj va Umra qiling. Doim birlashgan holda bo'ling va bir biringizga ko'maklashinlar. O'z rahbarlaringiz bilan holis bolinglar va ulardan hech narsani yashirmanglar. Dunyo matohlarni sizlarni barbod qilishiga yo'l qo'ymanglar, albatta hattoki kishi 1000 yil yashaganida ham unga mening hozirgi ahvolimdagi hol keladi. Assalomu alaykum va rahmatulloh. Shundan so'ng Abu Ubayda r.a Muoz ibn Jabalni o'zidan keyingi o'rinbosar etib tayinladi va jamoatga imomlik qilib berishiga buyurdi, Namozdan so'ng Muoz uning oldiga borganda Abu Ubayda r.a bu dunyoni tark qilgan edi. Muoz jamoatga chiqib ushbularni aytdi: Ey insonlar, bir isnonning vafoti qayg'usi sizlarga keldi. Allohga qasamki, iymoni pok va barcha gunoh ma'siyatlardan uzoq bo'lgan bunday insonni hali ko'rmagan edim. Allohdan unga o'zining rahmatini yog'dirshini so'ranglar va Alloh sizlarga rahmli bo'lur. Abu Ubayda r.a 639 milodiy yilda Jabiyada vafot etdi. Rivoat qilishlaricha uning janozasini Muoz ibn Jabal o'qib berdi.

Hotima.

Abu Ubayda r.a ning tashqi ko'rinishi go'zal, ixcham va bo'yi uzun, yuzi nurli bo'lib soqoli siyrak edi. Uning yuziga qarab odam bahra olar u bilan hamsuhbat bo'lish esa insonga quvvat bag'ishlar edi. U juda ham hushmuomala, kamtarin va o'ta uyatchang edi. Qiyin vaziyatlarga duch kelganda esa o'ta jiddiy va sergak bo'lar edi. Unga Amin yoki Payg'ambar s.a.v ummatlarining Omonotdori deya nom berilgan edi. Abdullah ibn Umar r.a u haqida aytgan edi: - Qurayshliklardan 3 kishi eng taniqli, hulqi go'zal va kamtar edilar. Ular sizga gapirishganda yolg'on gapirishmas, agar sen ularga so'zlasang seni yolg'onchilikda ayblamas edilar. Ular: Abu Bakr as-Siddiq, Usmon ibn Affon va Abu Ubayda ibn al-Jarrohlardir. U kamtarona hayot kechirishni afzal ko'rar, boshqa sahobalarga qaraganda juda oddiy kiyinar edi. Quddus shahri fath bo'layotganda, halifa Umar Suriyaga keladi va uni Holid ibn al Valid va Yazid ibn abu Sufyonlar qarshi oladilar. Halifa ularni ko'rib o'z tuyasida tushadi va ularga qum otib shunday deydi: “Arabistonda bo'lgan ocharchilik va qiyinchiliklardan chiqqanimizga 1 yil ham bo'lmay turib Suriya Imperatorlarining shohona hayotini ko'rib barchasini esdan chiqarib yubordinlarmi?”Bunga sabab ikkovi ham ilgari kiyishga odatlangan kiyimlaridan ko'ra shohona kiyimlar kiyib olishgan edi. Holid ibn al-Valid o'z o'rnida Halifani bu shohona kiyimlariga qaramasdan ular doim yetarli qurollanganligini va sahroning qiyinchiliklarga to'la hayoti begana emasligini atib uni tinchlantirgan bo'ladi. Abu Ubayda r.a bu suhbatda o'sha yerda hozir edi. U doimgidek kamtarona kiyingan va o'zining oddiy hayot tarzini tark qilmagan edi. Uni ko'rib Halifa hursand bo'ladi. O'sha kunning kechida, Abu Ubayda r.a ning uyiga tashrif buyurgan Halifa, shuncha janglarda qatnashgan (ko'p o'ljalarni qo'lga kiritgan) bu insonning uyida faqatgina o'zi yotadigan bir to'shak, qilich va qalqondan boshqa hech narsa yo'qligini ko'rib hayron qoladi va unga: - “Ey Abu Ubayda, sen uyingga bir muncha qulayliklar olib kelsang bo'lar ediku” deydi. Unga javoban Abu Ubayda: “Ey Umar, menga shunisi ham yetadi” deya javob beradi.

 	Liviyaning nasroniylari islom diniga o'tishadi va Abu Ubayda ularga ko'p sohalarda namuna bo'ladi. Qasrin shahrining fath etilishidan so'ng, mavjud 2 nasroniy qabilalalar: Banu Tanuh va Banu Salijlarning barchalari iymonga kelishadi. Bundan tashqari Suriyada uning qo'l ostida kun kechirayotgan g'ayridinlarga ham ko'p sohalarda yengilliklar beradi.

Abu Ubayda r.a hayotligida Alloh tomonidan jannatiyligi bashorat berilgan 10 kishidan biri hisoblanadi.

Oilasi.

Abu Ubayda r.a ning oilasi haqida juda oz a'lumot yetib kelgan. Ma'lumi shuki uning 2 ayoli bo'lgan. Hind binti Jabar ismli ayolidan Yazid va Ubayda ismli o'g'illar ko'rgan. Warja ismli ayolidan esa Umayr ismli o'g'li bo'lgan. Lekin barchalari yoshliklarida vafot topib ketishgan. Qiz farzandlari bo'lganligi haqida hech qanday ma'lumot yetib kelmagan. Biroq shunisi aniqki uning o'g'il avlodlari bo'lmagan. Hozirda Iordaniya va Lebanon yerlarida yashovchi Al-Jarroh oilalari ota bobolari Abu Ubayda borib taqalashini ma'lum qiladilar.