Abu Ubayd as-Saqafiy
| Abu Ubayd as-Saqafiy | |
|---|---|
| Vafoti | 634-yil oktyabr |
| Fuqaroligi | Roshidun xalifaligi |
| Qoʻshin turlari | Roshidun armiyasi |
| Unvoni | qoʻshin qoʻmondoni |
| Jang/urush |
Musulmonlarning Eronga istilosi |
| Otasi | Masʼud ibn Amr |
Abu Ubayd ibn Masʼud ibn Amr ibn Umayr ibn Avf ibn Uqda ibn Gʻayra ibn Avf ibn Saqif as-Saqafiy[1] (arabcha: أَبُو عُبَيْد بۡن مَسْعُود بۡن عَمْرُو بۡن عُمَيْر بۡن عَوْف بۡن عُقْدَة بۡن غَيْرَة بۡن عَوْف بۡن ثَقِيف الثَّقَفِي) yoki Abu Ubayd (أَبُو عُبَيْد), Roshidun xalifaligi qoʻshini qoʻmondoni. Arabistonning gʻarbiy qismida joylashgan Toif shahridagi[2] Banu Saqif qabilasiga mansub boʻlgan.
Al-Hiradagi musulmon arablar qoʻmondoni al-Musanno Eronning Mesopotamiya hududidagi sosoniylarga qarshi kurashda yordam soʻrab avval xalifa Abu Bakrga, soʻngra Umarga murojaat qilgan edi. Umar muhojirlar va ansorlar (paygʻambar Muhammadning sahobalari) qatorida boʻlmasa ham, birinchi boʻlib koʻngilli ravishda yordam berishni istagan Abu Ubaydni[3] tanlab, uni al-Musannoga yordamga yubordi. Abu Ubayd oʻzining Saqif qabilasi vakillaridan iborat 1 000 kishilik lashkar tuzdi va shimolga yoʻl olarkan, yoʻlda yana qoʻshimcha kuchlar bilan oʻz safini kengaytirdi[4]. Al-Hiraga yetib borgach, mintaqadagi barcha arab qoʻshinlariga bosh qoʻmondon boʻldi[5]. Birlashgan arab qoʻshinlari al-Hira va Ktesifon oraligʻidagi tekisliklarga bosqinchilik yurishlarini boshladilar. Sosoniylar qoʻshini qoʻmondoni Rustam Farruhzod ularga qarshi Bahman Jadhuyih boshchiligidagi birlashgan qoʻshinni yubordi[4]. Bobil yaqinidagi Furot daryosi boʻyida sodir boʻlgan ushbu jang „Koʻprik jangi“ nomi bilan mashhur. Bu jangda oq rangli fil Abu Ubaydga hujum qilib, xartumi bilan uni otidan tushirib yuborgan. Abu Ubayd filning oyoqlari ostida ezilib halok boʻlgan. Bu holat arab qoʻshinlari orasida vahima uygʻotgan va natijada ular magʻlubiyatga uchragan. Jangda Abu Ubaydning ukasi al-Hakam va oʻgʻli Jabr ham halok boʻlgan[6][7][8].
Abu Ubayd inqilobchi Muxtor as-Saqafiyning otasi boʻlib, Muxtor Ikkinchi fitna paytida Karbalo jangi uchun oʻch olish maqsadida Umaviylarga qarshi isyon koʻtargan edi. Abdulloh ibn Umarning xotini Safiya esa Abu Ubaydning qizlaridan boʻlgan[9]. Uning yana bir qizi Joriya Umar ibn Saʼdga turmushga chiqqan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ أسد الغابة، جـ6/ص 201. Webarxiv andozasida xato:
|url=qiymatini tekshiring. Boʻsh. - ↑ Mazhar-ul-Haq, A Short History of Islam: From the Rise of Islam to the Fall of Baghdad, 571 A. D. to 1258 A. D., 2nd edition, Bookland, 1977, p. 229.
- ↑ Mujahid. „Golden Stories of Umar Ibn Al-Khattab (R.A)“. Darussalam Publishers.
- ↑ 4,0 4,1 Crawford, Peter. The War of the Three Gods: Romans, Persians and the Rise of Islam. Pen and Sword, 16 July 2013. ISBN 9781473828650.
- ↑ Ibrahim, Mahmood. Merchant Capital and Islam. University of Texas Press, 1 November 2011. ISBN 9780292741188.
- ↑ Biladuri, Ahmad Bin Yahya Bin Jabir Al. The Origins of the Islamic State: Being a Translation from the Arabic Accompanied With Annotations, Geographic and Historic Notes of the Kitab Futuh Al-buldan. Cosimo, Inc., 1 March 2011. ISBN 9781616405342.
- ↑ Richard Nelson Frye, The Cambridge History of Iran: The period from the Arab invasion to the Saljuqs, (Cambridge University Press, 1975), 8-9.
- ↑ Nafziger, George F.. Islam at War: A History. Greenwood Publishing Group, 30 August 2017. ISBN 9780275981013.
- ↑ Muhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina. London: Ta-Ha Publishers.