Abu Tolib Yahyo
Abu Tolib Yahyo (951–1033) 1020–1033-yillarda Zaydiya tariqati imomi boʻlgan.
Abu Tolib Yahyo oʻzining katta akasi va salafi al-Muayyad Ahmad singari koʻzga koʻringan ilmli kishi boʻlgan va imom Hasan ibn Alining avlodlaridan sanalgan. U Eronning Gilon va Deylaman hududlaridagi zaydiylar imomatida al-Mu’ayyad Ahmadning oʻrniga rasmiy ravishda xalifa sifatida taxtga chiqqan[1]. Oʻsha davrda ikki yirik zaydiy hududlari mavjud boʻlib, ular Kaspiy dengizining janubiy sohasi va Yaman togʻliklari edi. 1013-yilda imom al-Mahdiy al-Husaynning vafotidan keyin uzoq yillar davomida Yaman hududida mahalliy imom tayinlanmadi. Zaydiylar tarixida al-Mu’ayyad Ahmad va Abu Tolib Yahyo garchi ular hech qachon Yamanga bormagan boʻlsalar ham baʼzan shunday imomlar sifatida tilga olinadi[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Carl Brockelmann, Geschichte der arabischen Litteratur, Supplement, Vol. I. Leiden 1937, p. 697.
- ↑ List in Cornelis van Arendonk, Les débuts de l’imamat zaidite au Yemen. Leiden 1960; Cesare Ansalsi, Il Yemen nella storia e nella leggenda. Roma 1933, p. 134; http://www.hukam.net/family.php?fam=2.