Abu Sufyon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Abu Sufyan ibn Harbdan yoʻnaltirildi)

Abu Sufyon - (arabcha: أبو سفيان , Madina) (565-653) toʻliq ismi Abu Sufyon Saxr ibn Harb ibn Umayya ibn Abdushshams - yirik savdogar, qurayshiylar zodagoni. Makkada Muhammad (sav)ga va ularning diniy targʻibotiga qarshi kurashib, ul zotni ta’qib qilgan. Mushriklarning musulmonlarga qarshi olib borgan Uhud va Xandaq janglaridagi boshliqlaridan biri. Muhammad (sav) Makkani fath qilishi arafasida islomni qabul qilgan. Keyinchalik Madinaning mavqei kuchaya boshlagach, oʻz xonadoni vakillarining islom davlatida ta’sirli oʻrin egallashini ta’minlash maqsadida Muhammad (sav) bilan yarashgan. 630 yilda Makkani musulmonlarga jangsiz topshirgan. Islom himoyasi uchun Hunayn va Toif janglarida qatnashib, bir koʻzidan judo boʻlgan. Soʻngra Rasululloh (sav) uni Najron viloyatiga hokim etib tayinlaganlar. Nabiullohning vafotlaridan keyin Shom fathida qatnashgan. Yarmuk jangida jasorat koʻrsatib, ikkinchi koʻzidan ham ajralgan. Xalifa Usmon (ra) davrida Abu Sufyonning oʻgli Muoviya Suriya hokimi etib tayinlangan. Keyinchalik, Ali (kv) vafotidan keyin (661), xalifalik hokimiyatini qoʻlga olgan Muoviya Umaviylar sulolasiga asos solgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Abu Sufyon" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Andoza:Umaviylar