Kontent qismiga oʻtish

Abu Savr

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Abu Savr (arabcha: أبو ثور) – Huesca voliysi, musulmon zodagon. Ehtimol Banu Salama urug‘idan edi. Boshqa bir taxminga koʻra, u al-andaluslik nasabshunos Ibn Hazm tomonidan tilga olingan Abu Savr ibn Qosiy boʻlishi mumkin. Bu shaxs qudratli Muvallad Banu Qosiy qabilasining asoschisi Qosiyning oʻgʻli boʻlgan.

Paderbornning imperator majlisida u Barselona voliysi Sulaymon al-Arabiy va Saragosa voliysi Husayn bilan birgalikda Andalusda Abbosiylar hokimiyatini tiklash maqsadida amir Abdurahmonga qarshi yangi qoʻzgʻolon uyushtirishda harbiy yordam olish evaziga oʻz hududlarini Buyul Karlga[1] taklif qildi. Buyuk Karl qoʻshin bilan yurish qilib, 778-yilda Barselona va Vashkani egalladi. Biroq Husayn vaʼdasidan qaytdi va Saragosaga muvaffaqiyatsiz hujumdan soʻng, ittifoq franklar chekinishi hamda Ronsevoda magʻlubiyatga uchrashi bilan yakun topdi.

790-yilda Abu Savr taqvodor Lui bilan ittifoq tuzishni taklif qildi[2].

  1. Évariste Lévi-Provençal. Histoire de l'Espagne musulmane (fr). Maisonneuve et Larose, 1999 — 122–123-bet. ISBN 9782706813863. 
  2. (ispancha) GEA, Abu Tawr Webarxiv andozasida xato: |url= qiymatini tekshiring. Boʻsh.