Abu Nasr Qubaviy Axmad Ibn Muhammad Ibn Nasr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Abu Nasr Qubaviy Axmad Ibn Muhammad Ibn Nasr (11 – 12-asrlar) – quvalik tarixchi va tarjimon. 1128 – 29 yillarda Narshaxiyning "Tarixi Buxoro" ("Buxoro tarixi") asarini arab tilidan fors tiliga tarjima qilgan. Tarjima qilish jarayonida unga Buxoro tarixiga doir katta tarixiy ahamiyatga molik maʼlumotlarni ham kiritgan. Bu asarning bir necha qoʻlyozma nusxalari Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Abu Nasr Qubaviy Axmad Ibn Muhammad Ibn Nasr" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil