Matroniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Matroniy, Abu Muhammad Hasan ibn Ali ibn Matron (taxminan, ? — 10-asr, Toshkent) — shoir. Faqat Saolibiynyant "Yatimat uddaxr" tazkirasida M. tarjimai holiga oid maʼlumotlar uchraydi: "U Shoshdan chiqqan shoir, u joyning shon-shuhrati va yagona kishisidir... Shoshdan va Movarounnaxrning boshqa shaharlaridan bu kabi shoir yetishib chiqqan emas..." M.ning devoni, na birorta toʻla sheʼri bizgacha yetib kelmagan. Uning butun adabiy merosidan faqat 112 baytdan iborat turli sheʼriy parchalar saqlanib qolgan. Bular qasida, hajviya, turli mavzulardagi vasfiy, ishqiy va mayga bagʻishlangan sheʼrlardan olingan parchalardir. M. hajviy sheʼrlar yozishda ham mo-hir boʻlgan. Uning hajviy asarlari oʻz zamonidagi baʼzi amaldorlarga qarshi qaratilgan.

Adabiyot[tahrir]

  • Abu Mansur as-Saolibiy, Yatimat uddahr, T., 1976; Abdullayev I ., Buxoroning arabiynavis shoirlari, T., 1965.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil