Abu Mansuriy Shohnomasi
Abu-Mansuriy Shohnomasi yoki Abu-Mansurning Shohnomasi[1][2] (forscha: شاهنامهٔ ابومنصوری) – Islomiy fathlardan oldingi Fors imperiyasi tarixi va epik voqealarni oʻz ichiga olgan nasriy asar boʻlgan. Ushbu asar Firdavsiyning Shohnoma asari uchun asosiy manba hisoblanadi.
Abu-Mansur Shohnomasi bugungi kunda yoʻqolgan, ammo uning 15 sahifalik kirish qismi saqlanib qolgan[3]. Bu matn fors tilidagi eng qadimgi nasriy namunalardan biri boʻlib, fors adabiyotining eng bebaho yodgorliklaridan biri sanaladi.
Asar Abu Mansur Muhammad topshirigʻi bilan hijriy 346-yilda (milodiy 957-yil) yozilgan[4]. Uni toʻrt nafar mobed yozgan:
- Hirotlik Qadimgi Mox,
- Sistonlik Shopurning oʻgʻli Yazdoddod,
- Nishopurlik Bahromning oʻgʻli Shoxuy Xurshid,
- Tuslik Barzinning oʻgʻli Shodan.
Firdavsiyning asaridan avvalroq, Abu-Mansur Daqiqiy ushbu Shohnomani sheʼr shakliga oʻtkazishga urinib koʻrgan, ammo taxminan 1000 bayt yozganidan keyin vafot etgan. Firdavsiy bu 1000 baytni oʻzining Shohnoma asariga kiritgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Khatibi, Abolfazl „There was a book from ancient times“. Qaraldi: 2016-yil 17-fevral.
- ↑ „Preface of Abu-Mansuri Shahnameh“. Qaraldi: 2016-yil 17-fevral.
- ↑ „ABŪ MANṢŪR MAʿMARĪ“. Iranica. Qaraldi: 2016-yil 17-fevral.
- ↑ „ABŪ MANṢŪR ʿABD-AL-RAZZĀQ“. Iranica. Qaraldi: 2016-yil 17-fevral.