Abu Mansur al-Bagʻdodiy
Abu Mansur Abduqohir ibn Tohir ibn Muhammad ibn Abdulloh at-Tamimiy ash-Shofiʼiy al-Bagʻdodiy (arabcha: أبو منصور عبد القاهر ابن طاهر بن محمد بن عبد الله التميمي الشافعي البغدادي), asosan, Abduqohir al-Bagʻdodiy (عبد القاهر البغدادي) nomi bilan mashhur, shuningdek, Abu Mansur al-Bagʻdodiy (أبو منصور البغدادي) deb ham ataladi, arab millatiga mansub bagʻdodlik[1] olim, sunniylik mazhabiga eʼtiqod qilgan. Ash’ariya maktabi yetakchi ilohiyotchisi va shofeʼiylik mazhabi faqihi. Yuksak salohiyatga ega boʻlgan huquq nazariyotchisi, adabiyotshunos, shoir, grammatikachi, bid’atshunos, matematik, aruz vazniga oid bilimlarni oʻrgangan[2][3].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abduqohir al-Bagʻdodiy Bagʻdodda tugʻilib oʻsgan[4]. Banu Tamim qabilasining arab qabilasidan boʻlgan[5]. Ibn Asokirning yozishicha, Abu Mansur Imom al-Ash’ariy sahobalarining shogirdlari bilan uchrashgan va ulardan ilm olgan[6]. Ash’ariylarning uchinchi avlodi imomlari orasida u al-Bayhaqiydan katta boʻlgan, Abu Zarr al-Haraviy va Abu Muhammad al-Juvayniyning zamondoshi edi[7]. Abu Mansurni yoshligida otasi Bagʻdoddan Nishopurga olib kelgan va u aynan shu shaharda taʼlim olgan. Abu Mansur badavlat kishi sifatida tanilgan boʻlib, oʻzining barcha boyligini donishmand olimlarga hadya qilgan. U, shuningdek, fiqh, usul, arifmetika, meros huquqi va kalom ilmi kabi oʻn yettita fandan dars berish huquqiga ega boʻlgan[8]. Xuroson olimlarining aksariyati uning shogirdlari boʻlgan[9][8]. Abduqohir Abu Is’hoq al-Isfarayniyning eng mashhur shogirdlaridan edi. U keyinchalik Oqil masjidida Abu Is’hoq al-Isfarayniyning oʻrnini egallab, bosh mudarris boʻlgan, aynan uning qoʻl ostida al-Bayhaqiy, al-Qushayriy, Abu Xalaf at-Tabariy va Nosir al-Marvaziylar taʼlim olgan. Abduqohir Abu Bakr al-Ismoiliy va boshqa olimlardan hadis ilmini oʻrgangan[7]. Hayotining oxirlarida turkman gʻalayonlari tufayli Abu Mansur Nishopurni tark etishga majbur boʻlgan va Isfayayin shahriga joylashib, u yerda ham taniqli shaxsga aylangan. Abu Mansur Isfayayin shahrida hijriy 449-yilda (milodiy 1038) vafot etgan[9] va ustozi Abu Is’hoq al-Isfarayniyning qabri yoniga dafn etilgan[10].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Al-Baghdadi biography“. www-history.mcs.st-andrews.ac.uk.
- ↑ Gibril Fouad Haddad 2015, s. 185
- ↑ Böwering & Orfali 2015, s. 3
- ↑ Keller, Nuh Ha Mim. Reliance of the Traveller. A classic manual of Islamic Sacred Law. Beltsville, Maryland: Amana Publications, 1997 — 1021-bet. ISBN 0915957728.
- ↑ „Al-Baghdadi biography“. www-history.mcs.st-andrews.ac.uk.
- ↑ McCarthy, Richard J.. The Theology of Al-Ashari. Imprimerie Catholique, 1953 — 179-bet.
- ↑ 7,0 7,1 Gibril Fouad Haddad 2015, s. 185
- ↑ 8,0 8,1 Gibb, H. A. R.; Kramers, J. H.; Lévi-Provençal, E.; Schacht, J.; Lewis, B. & Pellat, Ch., eds. (1960). The Encyclopaedia of Islam, Second Edition. Volume I: A–B. Leiden: E. J. Brill. p. 909. OCLC 495469456.
- ↑ 9,0 9,1 Böwering & Orfali 2015, s. 4
- ↑ Gibril Fouad Haddad 2015, s. 186
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Gibril Fouad Haddad „Abd al-Qahir al-Baghdadi (d. 429)“, . The Biographies of the Elite Lives of the Scholars, Imams & Hadith Masters. As-Sunnah Foundation of America, 2 May 2015 — 185–186-bet.
- Böwering, Gerhard; Orfali, Bilal. Salwat al-ʻārifīn wa-uns al-mushtāqīn - The Comfort of the mystics: a manual and anthology of early Sufism. Brill, January 8, 2015 — 3–4-bet. ISBN 9789004233621.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- O'Connor, John J.; Robertson, Edmund F., „Abu Mansur ibn Tahir Al-Baghdadi“, MacTutor History of Mathematics archive (ingliz)
{{citation}}: CS1 maint: unrecognized language ()