Abu Mansur Hasan Ibn Nuh Qumriy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Abu Mansur Hasan Ibn Nuh Qumriy – tib olimi. Somoniylar amiri Mansur Ibn Yahyoning shaxsiy tabibi boʻlgan. Abu M. H. buxorolik boʻlgani uchun "Buxoriy" nisbasi bilan ham tanilgan. Abu M. H. tabobat ilmida Ibn Sinoshsht ustozi. "Kitob ilal ul-ilal" ("Kasalliklar sabablari kitobi"), "Kitob gʻino va mano" ("Hayot va oʻlim haqida kitob") kabi arab tilida yozilgan bir qancha asarlarning muallifi. Bularning keyingisi esa inson organizmida paydo boʻladigan har xil kasalliklar, ularning dorilari va davolash usullariga bagʻishlangan. Bu asarning bir qoʻlyozma nusxasi Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil