Abu Maʼshar Najih al-Sindiy al-Madaniy
Abu Maʼshar Najih as-Sindiy al-Madaniy | |
|---|---|
| Shaxsiy maʼlumotlar | |
| Vafoti |
taxminan milodiy 787 8-asr Abbosiylar xalifaligi |
| Dini | Islom |
| Era | Islom oltin davri |
| Hudud | Abbosiylar xalifaligi |
| Kasbi | Islom olimi |
Abu Maʼshar Najih as-Sindiy al-Madaniy (toʻliq ismi: Abu Maʼshar Najih[1] ibn Abdurahmon as-Sindiy al-Madaniy; 787-yilda vafot etgan) – musulmon tarixchisi va muhaddis olimi[2]. Ibn Isʼhoqning zamondoshi boʻlib, „Kitob al-Magʻoziy“ nomli asar yozgan, Bu asarning ayrim parchalari Voqidiy va Ibn Saʼd asarlarida saqlanib qolgan[2]. At-Tabariy undan Bibliyaga oid maʼlumotlar hamda Muhammad paygʻambar va undan keyingi musulmon fathlari boʻyicha xronologik tafsilotlarni keltirishda foydalangan[2][3]. Ammo uning tomonidan rivoyat qilingan hadislar mutaxassislar tomonidan ishonchsiz deb baholangan[4]
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abu Maʼsharning ajdodlari Sindxilardan boʻlgan. Uning oʻzi Yamanda qullikdan ozod qilingan va keyinchalik Madinada yashagan[5]. Hijriy 160-yilda (milodiy 776-yilda) Abu Maʼshar Madinani tark etib, Bagʻdodga koʻchib oʻtgan. U yerda Abbosiylar saroyi aʼzolariga yaqin boʻlgan. Hijriy 170-yilda (milodiy 787-yilda) vafotiga qadar shu yerda yashagan[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ The History of al-Ṭabarī, Volume XXV: The End of Expansion: The Caliphate of Hishām, A.D. 724–738/A.H. 105–120, SUNY Series in Near Eastern Studies.. Albany, New York: State University of New York Press, 1989 — 19-bet. ISBN 978-0-88706-569-9.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 "Encyclopaedia of Islam (12 vols.)" (2nd nashri). Leiden: E. J. Brill. 1960–2005. https://referenceworks.brillonline.com/search?s.q=&s.f.s2_parent=s.f.book.encyclopaedia-of-islam-2&search-go=Search.
- ↑ The History of al-Ṭabarī (40 vols), SUNY Series in Near Eastern Studies.. Albany, New York: State University of New York Press, 1985–2007. ISBN 978-0-7914-7249-1.
- ↑ Ahmed, Shahab. Before Orthodoxy: The Satanic Verses in Early Islam. Harvard University Press, 2017-04-24 — 77-bet. ISBN 978-0-674-04742-6.
- ↑ 5,0 5,1 "Encyclopaedia of Islam (12 vols.)" (2nd nashri). Leiden: E. J. Brill. 1960–2005. https://referenceworks.brillonline.com/search?s.q=&s.f.s2_parent=s.f.book.encyclopaedia-of-islam-2&search-go=Search.