Abu Lays Ishtixoniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abu Lays Ishtixoniy (arabcha: أبو ليس اشتيخاني— Abu Lays Nasr ibn Fath ibn Ahmad Ishtixoniy) — roviy.

Abu Lays Ishtixoniy oʻrta asrlarda Ishtixonda tavallud topgan. U hadis roviysi boʻlib, xalq orasida Abu Lays Ishtixoniy nomi bilan tanilgan.

Ustozlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asosan taʼlimni Abu Iso Muhammad ibn Iso Termiziy, Abu Muso Imron ibn Idris Xasaʼmiy, Muhammad ibn Sulaymon Bogʻnadiy, Ismoil Qoziy va Abu Mansur Muhammad ibn Hasan ibn Muhammad ibn Nasr ibn Siboʻ Dehqoniy Andoqiylardan olgan va hadislar rivoyat qilgan.

Shogirdlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abu Lays Ishtixoniydan Muhammad ibn Ahmad ibn Muso Bazoziy va Abu Nasr Malohamiy kabi allomalar hadis rivoyat qilgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Abdulkarim Samʼoniy. Ansob. J. 1. — Qohira, 1998. — B. 164.; Isaev Y., Abbosov A. Ishtixoniy allomalar. Imom Buxoriy xalqaro markazi. 2016. — B. 26.