Abu Hayyon Andalusiy Asiruddin Muhammad Ibn Yusuf Ibn Ali al-Gʻarnotiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Abu Hayyon Andalusiy Asiruddin Muhammad Ibn Yusuf Ibn Ali al-Gʻarnotiy (1256–1334) – tilshunos olim. 65 ta asar yozgan, ularning 10 dan koʻprogʻi bizgacha yetib kelgan. "Kitob ulmubayyin fi tarix il-Andalus" ("Andalusiya tarixi haqida bayon qiluvchi kitob"), "Zahr ul-mulk fi taharrurit turk" ("Turk ozodligi chechagi"), "Kitob ul-idrok li lison il-atrok" ("Turkiy tillarni bilish kitobi"), "Kitob ulafʼol fi lisonit turk" ("Turk tilidagi feʼllar kitobi"), Mantiq ul-furs li lison il-furs" ("Fors tilini bilmaydiganlar uchun fors tili haqida soʻzlar"), "Hyp ul-gʻabash fi lison il-habash" ("Habash tilidagi qorongʻuliklarni yorituvchi nur"), "Ad-durrat ul-muziʼa fi lugʻatit turkiya" ("Turkiy til haqida nur beruvchi marvarid") kabi asarlari mavjud. U asarlarida turkiy tillarning grammatikasi va leksikasi, oʻsha davrda mavjud boʻlgan koʻpgina turkiy lahja va shevalar haqida maʼlumot bergan. Uning asarlari turkiy tillar tarixini oʻrganishda qimmatli manbadir. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil