Abu Hafsi Kabir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Abu Hafsi Kabir (767 – Buxoro – 832) – islom olamining fikhshunos olimi. Imom Buxoriy bilan zamondosh. Buxorodan Bagʻdodga borib, imom Muhammad ibn Hasan Shayboniy (804 yil v.e.)ga shogird tushgan. Abu Hafsi Kabir fiqh boʻyicha mashhur boʻlgan. Oʻgʻli Abu Abdulloh ham islom olamida taniqli. Uni otasi bilan yanglishtirmaslik maqsadida ulamolar otasini Abu Hafsi Kabir, oʻgʻlini Abu Hafsi Sagʻir deb ataganlar. Islom olamining islom qonunshunosligi asoslarini yaratgan yirik olim boʻlgan. Narshaxiyning yozishicha, uning sharofati bilan Buxoro „Qubbat ul-islom“ – „Islom dinining gumbazi“ unvonini olgan. Abu Hafsi Kabir fiqhning turli masalalari yoritilgan „Al-Ahvoʻ-val-ixtilof“ („Havoyi gaplar va kelish-movchiliklar“), „Ar-raddu alal-Laf-ziyya“ („Yuzaki qarovchilarga raddiya“) kitoblarining muallifidir. Abu Hafsning oʻziga „Kabir Buxoriy“ – „Buxoriylarning kattasi“ va „Hojatbaror imom“ degan unvonlar berilgan, oʻgʻli Abu Abdulloh (Abu Hafs Sagʻir Buxoriy; 877 yil) ham otasi singari fiqh ilmida peshqadam boʻlgan. Abu Hafsi Kabir Buxorodagi Darvozai nav qarshisidagi tepalikda dafn etilgan. Buxoroliklar u joyni muqaddas sanab, „Haqrah“ („Haq yoʻl“) va Xoja Imom Abu Hafs deb ataganlar. Mustabid sovet tuzumi davrida uning qabri va atrofidagi meʼmoriy yodgorliklar buzib tashlangan.[1]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Husniddinov Z., Ibrohimov N. 16-bet. -T: „Davlat ilmiy nashriyoti“, 2004.