Abu Dulaf Misʼar Ibn Muhalhil al-Xazrajiy Yanbuiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Abu Dulaf Misʼar Ibn Muhalhil al-Xazrajiy Yanbuiy (10-asr) – sayyoh, geograf va shoir. Asli Madina shahriga tobe xazraj qabilasidan. 10-asrning 1-choragida Buxoroga kelgan. 914942 yillarda Somoniylar amiri Nasr ibn Ahmad saroyida xizmat qilgan. U 942 yilda Buxoroga kelgan Xitoy elchilariga hamroh boʻlib Sharqiy Turkiston, Tibet va Xitoyga borgan, shuningdek Eron va Hindistonga ham sayohat qilgan. Yettisuvda qarluqlarning yogʻochdan qurilgan ibodatxonasi borligini va uning devorlariga chizilgan oʻtmish podsholarining rasmlarini koʻrganligini yozgan. Uning tarixiy geogr.ga oid "Risolat ulavval" ("Birinchi risola") va "Risolat ul-uxro" ("Ikkinchi risola") asarlari borligi maʼlum. Bular Movarounnahr, Xitoy va Hindistonning tarixiy geografiyasiga oid tarixiy manba sifatida muhim ahamiyatga ega.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil