Abu Ali al-Mansur
Qiyofa
- Vikipediyada ismi Hakim boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Hakim (985-1021) – Fotimiylar sulolasidan boʻlgan xalifa (996 yildan). Hakim davrida Fotimiylar xalifaligi nihoyatda kuchaygan. Hakim ichki siyosatida fuqarolar (ayniqsa xristian va yahudiylar) ommaviy ravishda taʼqib etilgan; baʼzan sunniy-musulmonlar ham quvgʻin qilingan. Hakim hukmronligi oxirida saroyda shialarning roli oshgan, ularning taʼsiri ostida Hakim (1017 yoxud 1018 yil) oʻzida Alloh mujassam etilganini eʼlon qilgan; buni eʼtirof etgan qavmlar druzlar firqasini tashkil etgan. 1021-yil 13-fevral da Hakim sayil qilib yurgan chogʻida sirli ravishda gʻoyib boʻlgan.
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |