Abu Ali Sagʻoniy
Qiyofa

Abu Ali Sagʻoniy (Chagʻoniy) (? −955) — Sagʻoniyon (Chagʻoniyon) hukmdori. 939 yildan somoniylarning Xurosondagi noibi. 945 yil noiblikdan boʻshatilgani uchun amir Nuhga qarshi quzgʻolon koʻtarib, yangi noib Ibrohim ibn Simjoʻrni Xurosondan quvib chiqargan. Amir 948 yil dekabrda sulh tuzib, uni qayta noiblikka tayinlagan boʻlsada, koʻp oʻtmay bu qarorini bekor qilgan. Shunda A. A.S. buvayhiylar yordamida amirga qarshi qoʻzgolon koʻtargan, ammo Abdulmalik ibn Nuh davri (954-961)da Xurosonni tashlab ketishga majbur boʻlgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑
„Abu Ali Sagʻoniy“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (A-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |