Absurd drama

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Absurd drama, absurd teatr, g‘ayrimantiqiy teatr — dramaturgiyadagi oqimning shartli nomi. 50 — 60-yillarda oqim tarafdorlari inson hayoti ma’no-siz, mavhum degan nuqtai nazarni ilgari so‘radi. Ular fikricha, inson hatto nima uchun yashayotganini ham anglab yetolmaydi, u doimo yolg‘on burch, yolg‘on axloq, yolg‘on munosabatlar qurboni bo‘laveradi. Absurd drama asoschisi va nazariyotchisi S. Bekketning "Godoning kutilishi" (1952) fojia-li komediyasida Vladimir va Estragon tashlandiq yo‘lda uchrashib qolishadi, asar davomida ikkalasi ham Godoni ku-tib o‘tirishadi. Asarda boshqa voqea yo‘q. Godo balki boylikdir, balki baxtdir, balki o‘limdir? Asarda bu haqda hech nar-sa deyilmaydi, undan chiqadigan xulosa shuki, inson hayoti ham Godoni kutish kabi yolg‘on, mavhum, ma’nisiz, umidlar-ga to‘la. Uzoq vaqt Absurd drama namoyandalari asa-riga quruq safsata deb qarab kelindi, biroq 70-yillarga kelib, ular davr oldiga qo‘ygan muammolar dolzarb ekanligi ayon bo‘ldi.Absurd drama oqimi teatr, dramaturgiyaga sahna shart degan tushunchani olib kirdi, uni nazm va nasrdagi ilg‘or an’analar bilan moslashtirdi, teatr, sahna haqidagi tasavvurlarni bir qadar yangiladi, unga zamonaviylik bag‘ishladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil