Kontent qismiga oʻtish

Abraq jangi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Abraq jangi
Sanalar 632-yil avgust oʻrtalari[1],[note 1]
Urush yeri Abraq, Arabiston[note 2]
24°50′23″N 39°30′12″E / 24.8398°N 39.5034°E / 24.8398; 39.5034
Natija Roshidun xalifaligi hal qiluvchi gʻalabaga erishgan[2],[1],[3]
Qoʻmondonlar
Roshidun xalifaligi
  • Qoʻzgʻolonchi arab qabilalari
    • Banu Abs
    • Banu Tayy
    • Banu Havozin
    • Banu Asad
    • Banu Zubyan
    • Sabiy
    • Banu Bakr ibn Abduanat
  • Qoʻmondonlar:

Hibal ibn Xuyaylid[note 4]
Avf ibn Fulan ibn Sinon 
Al-Horis ibn Fulan 
Al-Hutayah (POW)

Abraq jangi – Saudiya Arabistonining markaziy-gʻarbiy qismida joylashgan Najd mintaqasidagi Abraq hududida, al-Hinakiya shahridan taxminan 8 kilometr (5,0 mil) shimolda sodir boʻlgan jang. Ushbu jang 632-yilning avgust oyi oʻrtalarida boʻlib oʻtgan. Ogʻa Ali Ibrohim Akramning yozishicha, ushbu jangda xalifa Abu Bakr Siddiq boshchiligidagi Roshidun xalifaligi kuchlari hamda general Hibal ibn Xuvaylid boshchiligidagi qoʻzgʻolonchi arab qabilalari ishtirok etgan[4][note 5].

Bu gʻalaba Madina mudofaasiga oid harbiy harakatlarning yakunlanganini[1], Abu Bakr as-Siddiq tomonidan butun Arabiston yarim oroli keng koʻlamli hujum rejalari boshlanganini[5][2][6] hamda jangdan qochgan magʻlub qabilalarning Buzaxa hududida yagona kuch sifatida qayta birlashishini anglatdi[1][2][7]

  1. 632-yil 4-avgust kuni Usoma ibn Zaydning lashkari Madinaga qaytdi (qarang: Usoma bin Zayd yurishi). 632-yil 15-avgustda (yoki Jumodilavval oyining uchinchi haftasida), Abu Bakr as-Siddiq Usoma ibn Zayd qoʻshinlarini Zul Qassaga boshlab bordi va u yerda No‘mon ibn Muqarrin qoʻshinlariga qoʻshildi. Soʻngra Roshidun xalifaligi qoʻshinlarini Abraq tomon yetakladi
  2. Abraq Najd mintaqasida joylashgan, ilgari Banu Zubyan qabilasiga tegishli boʻlgan hudud boʻlib, hozirda Al-Hinakiya shahridan 8 km shimolda joylashgan, qoyalik va tik jarliklarga ega tepalik hisoblanadi
  3. Tarixchi Tabariyning aytishicha, Noʻmon ibn Muqarrin Abraq jangida ishtirok etmagan, biroq Ogʻa Ibrohim Akram tomonidan uning ushbujangda qatnashganligi aytiladi
  4. Tabariyning aytishicha, Hibal ibn Xuvaylid Abraq jangidan oldin boʻlib oʻtgan Zul-Qassa jangi chogʻida halok boʻlgan. Biroq Ogʻa Ibrohim Akram, Zaynal Fanoniy yoki Muhammad Rizo kabi tarixchilar tomonidan keltirilgan manbalarga koʻra, Hibal ibn Xuvaylid Zul-Qassa jangida oʻldirilmagan va u Abraq jangida qatnashgan
  5. Tulayhaning akasi