Abram Ioffe
Qiyofa
Ioffe Abram Fyodorovich [1880. 17(29). 10, Poltava gubernyasi, Romni sh. — 1960.14.10, Leningrad] — fizik olim, sobiq Ittifoq fizika maktabi asoschilaridan, yarimoʻtkazgichlarni tadqiq etishni boshlab berganlardan biri, Akademik (1920). Petrograddagi Davlat rentgenologiya va radiologiya instituti (1918), Fizika-texnika instituti (1921), Fizika-agronomiya instituti (1932), Yari-moʻtkazgichlar instituti (1954) va b. institutlar I. rahbarligida tashkil qilingan.
Ilmiy ishlari qattiq jismning plastikligi, elektr oʻtkazuvchanligi masalalariga oid. I. ilmiy maktabidan qator mashhur fiziklar (A. P. Aleksandrov, L. A. Arsimovich, P. L. Kapitsa, I. V. Kurchatov va b.) yetishib chiqqan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |