Abram Alixanov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Abram Isaakovich Alixanov (1904-1970) – fizik olim, akademik (1943). Nazariy va eksperimental fizika instituti asoschisi va direktori (1945 yildan). Ilmiy ishlari atom yadrosi va kosmik nurlar fizikasiga doir. Ukasi A. I. Alixanyan bilan uyg‘otilgan yadrolardan elektron-pozitron juftligi chiqish hodisasini kashf qildi va bu juftlikning paydo bo‘lish jarayoni krnuniyatlarini o‘rganib chiqdi. Alixanov radioaktiv yadrolarning beta-yemirilishini tadqiq qilish uchun beta-spektrometr, kosmik nurlar zarrasi massasi va energiyasini analiz qilish uchun mass-spektrometrlarni ixtiro qildi. U ix-tiro qilgan gomogen atom reaktori atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanishda tatbiq etilmoqda. A. rahbarligida sobiq Ittifoqda birinchi marta ogir suvli yadro reaktori (1949), quvvati 7 Gevgacha bo‘lgan qattiq fokus-lanuvchi tezlatkich (1961) yaratilgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil