Aboubacar Ali Abdallah
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Tavallud sanasi | 2-aprel 2006-yil | ||
| Tavallud joyi | Sainte-Marie, Reyunion, Fransiya | ||
| Boʻyi | 1.82 m | ||
| Ampluasi | Hujumchi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Strasbourg | ||
| Raqami | 34 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 2014–2019 | Entente Solidaire de la Convenance | ||
| 2019 | AS Bretagne | ||
| 2019–2022 | Saint-Denis FC | ||
| 2019–2020 | Entente Solidaire de la Convenance | ||
| 2022–2023 | Strasbourg | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2023– | Strasbourg B | 11 | (2) |
| 2024– | Strasbourg | 9 | (0) |
| 2024–2025 | → Nîmes (ijara) | 10 | (1) |
| 2025 | → Torreense (ijara) | 5 | (0) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2022 | Fransiya U-16 | 1 | (0) |
| 2024– | Fransiya U-19 | 3 | (1) |
|
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2025-yil 4-iyun uchun) | |||
Abubacar Ali Abdallah (2006-yil 2-aprelda tugʻilgan) – fransiyalik professional futbolchi, Ligue 1 vakili „Strasbourg“ klubida hujumchi pozitsiyasida oʻynaydi[1].
Klublardagi karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Fransiyaning Reyunion shahrida tugʻilgan Ali Abdallah dastkab faoliyatini oʻz ona orolida joylasgan „Entente Solidaire de la Convenance“ akademiyasida boshlagan[2]. „AS Bretagne“, „Saint-Denis FC“ kabi klublarda faoliyat olib borgan futbolchi keyinchalik 2022-yil yanvar oyida „Strasbourg“ yoshlar akademiyasiga qoʻshilish uchun Fransiya poytaxtiga joʻnab ketgan[2].
2024-yilning 10-martida Ali Abdallah Ligue 1 turniridagi debyutini „Monaco“ga qarshi oʻyinda (1:0) zaxiradan maydonga tushgan holda oʻtkazgan[3]. Uning gollardagi birinchi ishtiroki 13-aprel kuni „Reims“ qarshi oʻyinda qayd etilgan boʻlib futbolchi Moïse Sahi Dionning goliga golli uzatma amalga oshirgan va yakunda jamoasi 3-1 hisobida gʻalaba qozongan[3][4]. 18-aprel kuni esa Ali Abdallah „Strasbourg“ bilan 2027-yilgacha moʻljallangan birinchi professional shartnomasini imzolagan[3].
2024-yilning 30-avgustida Ali Abdallah mavsumning qolgan qismiga Nîmes klubiga ijaraga berilgan[5][6]. Biroq futbolchining ijarasi 2025-yil yanvar oyi boshida qisqartirilgan[7][8][9]. 2025-yilning 8-yanvarida Ali Abdallah Portugaliyaning „Torreense“ jamoasiga ijara asosida koʻchib oʻtgan[10].
Terma jamoadagi karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ali Abdallah Fransiyaning bir necha yosh toifasidagi jamoalari sharafini himoya qilgan. Fransiya U-16 tarkibida 2022-yil 5-may kuni boʻlib oʻtgan Germaniyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida (2:1) debyut qilgan[2].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kelib chiqishi Mayottadan boʻlgan Ali Abdallah Sainte-Marie shahrida tugʻilgan[3][11].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Aboubacar Ali Abdallah Soccerway saytida
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Aboubacar Ali Abdallah Fransiya futbol federatsiyasi rasmiy saytida (fransuzcha)
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 „Aboubacar Ali Abdallah signe professionnel au Racing Club de Strasbourg“ (fr-FR). Mayotte la 1ère (2024-yil 18-aprel). Qaraldi: 2025-yil 3-yanvar.
- ↑ „Strasbourg vs. Reims - 13 April 2024 - Soccerway“ (en). us.soccerway.com. 2024-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 3-yanvar.
- ↑ „Nîmes : un jeune débarque de Ligue 1 (off)“ (fr). Foot National (2024-yil 30-avgust). Qaraldi: 2025-yil 3-yanvar.
- ↑ „Football : Aboubacar Ali Abdallah à tire d'aile, à la découverte du Nîmois prêté par Strasbourg“ (fr). midilibre.fr. Qaraldi: 2025-yil 3-yanvar.
- ↑ „Nîmes Olympique : Ali Abdallah est retourné à Strasbourg, Delpech est à l’essai au Mans“ (fr). midilibre.fr. Qaraldi: 2025-yil 3-yanvar.
- ↑ Delprat, Colin „Nîmes Olympique. Fin de prêt pour le Strasbourgeois Ali Abdallah“ (fr). La Gazette (2025-yil 3-yanvar). Qaraldi: 2025-yil 3-yanvar.
- ↑ „Nîmes : prêté, un Croco retourne en Ligue 1“ (fr). Foot National (2025-yil 3-yanvar). Qaraldi: 2025-yil 3-yanvar.
- ↑ „Aboubacar Ali Abdallah é reforço!“ [Aboubacar Ali Abdallah is a reinforcement!] (pt). S.C.U. Torreense (2025-yil 8-yanvar). 2025-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 13-yanvar.
- ↑ rédaction, La „Football : Aboubacar Ali Abdallah va rejoindre Nîmes en prêt“ (fr-FR). Mayotte Hebdo (2024-yil 30-avgust). Qaraldi: 2025-yil 3-yanvar.