Aborigen gʻoʻza

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Aborigen g‘o‘zadan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search


Aborigen gʻoʻza (lot. aborigine – avvaldan) – gʻoʻzaning cheklangan hududda oʻsadigan tur, xil va formalari. Meksikaning shimoli-gʻarbida oʻsadigan davidzon gʻoʻzasi, Galapagos o.ning unumsiz toshloq zonalarida oʻsadigan klotssh gʻoʻzasi, faqat Braziliya togʻlarida uchraydigan mustelinum gʻoʻzasi Aborigen gʻoʻza turlariga kiradi. Barcha yovvoyi Aborigen gʻoʻza turlari qimmatli genetik material boʻlib, qator foydali xoʻjalik xususiyatlariga ega (qurgʻoqchilikka, shoʻrga, past temperaturaga chidamli va hokazo), shuning uchun ulardan genetika-seleksiya ishlari amaliyotida keng foydalaniladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Aborigen gʻoʻza" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil