Abonement (umumiy)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abonement (frans. abonnement, fran. abonner — imzolamoq) — shartnoma hisoblanib, unga koʻra bir tomon (abonent[1]) abonement shartnomasining amal qilish muddati davomida, istalgan mulkdan foydalanish huquqiga ega boʻladi yoki boshqa tomondan vaqti-vaqti bilan, muayyan xizmatlarni koʻrsatishni talab qilish huquqiga ega.

Abonement shartnomasining xususiyatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abonement haqida quyidagilarga nisbatan gapirish mumkin:

  • telefon xizmatlarini koʻrsatish, elektr energiyasi, gaz yetkazib berish, kafolatli ta’mirlash, shuningdek, kafolatli, servis xizmat koʻrsatish va boshqalar boʻyicha shartnomalar;
  • kutubxona fondlaridan foydalanish shartnomalari (kutubxona va kutubxonalararo abonement);
  • teatrlarga, konsertlarga, muzeylarga yoki suzish havzalariga, fitnes klublariga, sport zallariga, spa-salonlariga muntazam tashrif buyurish uchun chiptalar;
  • revolver (aylanma) akkreditivlar, kredit liniyasi shartnomalari;
  • jamoat transportida va metroda yurish uchun moʻljallangan „yurishlar soni uchun“ va „uzoq muddatga“ (kun, oy, yil va boshqalar) chiptalar.

Abonement ham bepul (kutubxona abonementi), ham pullik boʻlishi mumkin. Abonement shartnomasi predmetini sotib olish narxi — abonent toʻlovi deb ataladi.

Oʻzining huquqiy tabiatiga koʻra abonement mulkiy yoki shaxsiy ijara shartnomalari elementlarini dastlabki shartnoma elementlari bilan birlashtiradi. Ba’zi hollarda abonement uchinchi shaxs foydasiga shartnomaga xos boʻlgan shartlarni oʻz ichiga olishi mumkin — bu abonent uchinchi shaxsni foydalanuvchi (benefitsiar) sifatida tayinlaganida.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Абонент — физическое или юридическое лицо, заключившее договор с оператором на оказание услуг связи и имеющее право на пользование абонементом.