Ablyatsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ablyatsiya (qad. lot. ablatio — olib ketmoq) — 1) qaynoq gaz oqimining qattiq jism sirtidan moddalarni sidi-rib ketishi (eroziya, sublimatsiya, erish tufayli). Kosmik apparatlar va eltuvchi raketalarning bosh qismlari atm.ga kir-ganda ularni himoya qilish tadbiri, shu-ningdek raketa dvigatellari kameralarining sovitilishi Ablyatsiyaga asoslanadi; 2) muzlik yoki qor qoplamining erishi, bu-glanishi yoki mexanik parchalanishi (sha-mol uchirishi, aysberglarga ajralishi va hokazo) natijasida massasining kamayishi. Asosan iqlimiy omillarga bog‘liq. Namoyon bo‘lishiga qarab Ablyatsiyaning 3 ta turi farq qilinadi: muz osti, ichki va yuza Ablyatsiya Muz osti Axi Yerning ichki issiqligi muz ostiga chiqishidan, ichki Ablyatsiya muzning ishqalanishi, suv va havo sirkulyatsiyasi natijasida, yuza Ablyatsiya esa asosan quyosh radiatsiyasidan vujudga keladi. "Ablyatsiya" atamasi ba’zan "yuza qatlamning yuvilishi" sinonimi sifatida ishlatiladi[1].

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil