Abissal tekisliklar
Qiyofa
Abissal tekisliklar – chekka dengizlarning okean soyliklari va botiqlaridagi chuqur suv osti yassi va sertepa tekisliklari. Okean qaʼri va oʻtish zonasida keng tarqalgan Yassi Abissal tekisliklar okean va chekka dengiz soyliklarining chetki qismlariga toʻgʻri keladi. Sertepa Abissal tekisliklar okean tubining katta qismini egallaydi. Yassi Abissal tekisliklar Atlantika okeanida koʻp tarqalgan. Sertepa Abissal tekisliklar relyefining parchalanganligi bilan ajralib turadi. Sertepa Abissal tekisliklar Hind va Tinch okeanlarida Atlantika okeaniga nisbatan koʻproq uchraydi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑
„Abissal tekisliklar“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (A-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |