Abeliya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Abeliya (Abelia) – shilvidoshlar oilasiga mansub butalar turkumi. 30 dan ortiq turi bor. Guli yirik, bir oz qiyshiq (zigomorf): kosachasining naychasi tuguncha bilan tutashgan, qaytaqisi 2–5 bo‘lmali, changchisi to‘rtta. Mevasi quruq, bir chanoqli, yakka urug‘li, uchida kosachaning qaytaqisi saqlangan. O‘rta Osiyoda Abeliyaning asomuso (Abeliya corymbosa) turi uchraydi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil