Kontent qismiga oʻtish

Abdusalom al-Asmar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Abdusalom al-Asmar (arabcha: عبد السلام الأسمر‎) 15-asrda (milodiy 1455 – 1575)-yilda yashab oʻtgan taniqli liviyalik musulmon ulamosi boʻlgan. U tunning koʻp qismini namoz oʻqish bilan oʻtkazgani uchun „al-Asmar“ deb tanilgan[1].

Said Abdusalom al-Asmar Salim al-Fayturiy 1455-yilda (taxminan 859 hijriy) Liviyadan uncha uzoq boʻlmagan 100 mi (161 km) masofada joylashgan kichik Zliten shahrida tugʻilgan. Tripolidan sharqda joylashgan Leptis Magna yaqinidagi shaharchada. U Fawatir qabilasi aʼzosi boʻlib, onasi ai-Asmar laqabini tushida koʻrgani sababli unga al-Asmar laqabi berilgan boʻlishi mumkin[2]. Al-asmar birinchi tasavvufiy taʼlimini tariqatga asos solgan Shodhiliy Arusiy ordeni xalifasi Abdulvohid al-Dukalidan olgan.

Al-Asmar Libyaning keng sahrosida yolgʻiz yashagan va muhtojlar uchun turli xil moʻjizalar yaratgan. Keyinchalik oʻz shahrini himoya qilish uchun mujohid (qudus jangchi)si boʻlgan. 1575-yilda 120 yoshida vafot etgan va uning qabri keyinchalik ziyoratgohga aylangan, uning qabri atrofidagi joyda xotirasiga bagʻlishlanib katta masjid qurilgan. Liviyadagi eng hurmatli va taniqli Qur’on taʼlim muassasalari (madrasa) biri boʻlgn, uning nomi Al-Jamiaa Al-Asmariya (الجامعة الأسمرية yoki Al-Asmariya Islom universiteti) hisoblangan. Kichik arxeologik muzeyda Dar Buc Ammera villasidan turli xil freskalar va atrof-muhitlarda topilgan turli qabrlarga tegishli boʻlgan keramik Rim artefaktlari toʻplami mavjud boʻlgan.

Al-Baqiy qabristonidagi qabrlar vayron qilinganining bir yilligi munosabati bilan 2012-yil 24-avgust kuni al-Asmar masjidi va qabri salafiylar va vahhobiylar tomonidan islom dinida qabr va oʻliklarga sigʻinishga ruxsat yoʻq degan bahona bilan vayron qilingani eʼlon qilingan[3].

  1. The Hans Wehr Dictionary of Modern Written Arabic Page 501 Edited by JM. Cowan, Spoken Languages Services Inc. Ithaca, NY
  2. Bosworth, Clifford Edmund, The Encyclopedia of Islam, New Edition: Supplement, Volumes 7-8, p.93.
  3. Reuters