Abdurahimbiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Abdurrahmondan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Abdurahimbiy, Abdurahimxon (17001733, Xo‘jand) – Qo‘qon xoni (1721–33). Ming sulolasidan. Shohruxbiy o‘g‘li. 1725 yil Buxoro xonligining zaiflashganidan foydalanib, 20 ming kishilik qo‘shin bilan Xo‘jandni, 1726 yil esa O‘ratepani, 1732 yil Samarqandni egallagan. Shahrisabz hokimi Olimbek valine’maning (boshqa manbalarga ko‘ra Ibrohim otaliq kenagasning) qizi Oychuchuk oyimni o‘z nikohiga olgan. Shahrisabzlik kenagaslar bilan ittifoq tuzib, Abdurahimbiy Samarqandda olti oy turgach, Farg‘onaga qaytgan. 1733 yil suiqasd natijasida o‘ldirilgan. Abdurahimbiy o‘limidan so‘ng Qo‘qon xonligi zabt etilgan hududlardan ajragan. Abdurahimbiy davrida Qo‘qonda qal’a qurilgan bo‘lib, u hozirgi "Eski qo‘rg‘on" deb ataladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Bobobekov H. N., Qo‘qon tarixi, T., 1996; I brat, Farg‘ona tarixi, T., 1991.