Abdurauf Fitrat koʻchasi (Toshkent)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Abdurauf Fitrat koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Uzunligi 2970 m

Koordinatalari: 41°16′05″N 69°17′44″E / 41.26806°N 69.29556°E / 41.26806; 69.29556 G O


Abdurauf Fitrat koʻchasi — Oʻzbekiston Respublikasining poytaxti Toshkent shahrining Mirobod tumanida joylashgan koʻchalardan biridir. Abdurauf Fitrat koʻchasi Muxtor Ashrafiy koʻchasidan boshlanib Geydar Aliyev koʻchasida va Qumariq koʻchasida yakunlanadi. Koʻchaning uzunligi 2970 metrdan iborat.

Tarixi va nomi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdurauf Fitrat koʻchasi oʻzbek tarixchisi, filolog, tarjimon, yozuvchi, dramaturg va shoir, zamonaviy oʻzbek tili va adabiyoti asoschilaridan biri, Oʻrta Osiyo jadidchiligining taniqli vakillaridan biri, birinchi oʻzbek professori nomi bilan nomlangan koʻchadir. 1886-yilda Buxoro shahrida ziyoli oilasida tugʻilgan, adibning otasi savdogarchilik bilan shugʻullangan boʻlib, 1918-yilgacha Qashqarda turib qoladi. Yosh Abdurauf asosan onasi Mustafo Bibi (Bibijon) tarbiyasida qoladi, undan Navoiy, Uvaysiy, Zebunniso, Bedil, Fuzuliy kabi yirik shoirlarning gʻazallarini tinglaydi.[1]
1908-1913-yillarda Turkiya dorilfununida oʻqiyotganda uning zukko, bilimdonligi professor-oʻqituvchilarni hayratga soladi. Unga Fitrat — Donishmand taxallusini beradilar.

Koʻchada har yarim yili xonadonlar koʻp koʻcha sababli issiq suv oʻchirilib turadi.

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdurauf Fitrat Muxtor Ashrafiy koʻchasidan boshlanadi va Geydar Aliyev va Qumariq koʻchasida yakunlanadi. Abdurauf Fitrat koʻchasi Eski Sarikoʻl koʻchasi, Sarikoʻl koʻchasi, Yangizamon koʻchasi, Abu Sulaymon Banokatiy koʻchasi va Geydar Aliyev koʻchasidan kesishadi.

Mashhur binolar va inshootlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdurauf Fitrat koʻchasida koʻplab binolar va inshootlar joylashgan. Koʻchada Shaxar 3-son klinik shifo xonasi mavjud. Koʻchadan uzoq boʻlmagan masofada Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro Aeropoti joylashgan. Koʻchadan Vokzalga orib boruvchi temir yoʻl joylashgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. http://kutubxona.com/Turkum:Abdurauf_Fitrat