Abdurasul Abdullayev
| Abdurasul Abdullayev | |
|---|---|
|
| |
| Tavalludi |
28-avgust 1958-yil |
| Fuqaroligi |
|
| Taʼlimi | Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti |
| Kasbi | Teleboshlovchi |
| Faoliyat yillari | 1976—hozirgi kungacha |
| Turmush oʻrtogʻi | Asiya Abdullayeva |
| Bolalari | 4 |
| Otasi | Moʻmin Abdullayev |
| Onasi | Hikoyat Abdullayeva |
| Mukofotlari |
|
Abdurasul Moʻminovich Abdullayev (1958-yil 28-avgustda Toshkent shahrida tugʻilgan) – oʻzbekistonlik teleboshlovchi, „Zakovat“ teleoʻyini asoschisi, Zakovat intellektual klubi prezidenti[1][2]. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi, „Mehnat shuhrati“ ordeni sohibi.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abdurasul Abdullayev 1958-yil 28-avgustda Toshkent shahridagi Kirov tumani tugʻilgan[3]. Oilada yettita farzandning beshinchisi boʻlgan. Otasi veterinar, onasi uy bekasi boʻlgan. Abdurasul Abdullayev 1965—1975-yillarda tumandagi 274-sonli maktabda oʻqidi. Keyinchalik 1976—1981-yillarda Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining teatr va kino aktyorligi yoʻnalishida tahsil olgan. Institutni tamomlagach 1984—2020-yillarda Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasida muharrir, bosh muharrir, studiya rahbari sifatida mehnat faoliyatini olib bordi.
2001-yilda Abdurasul Abdullayev tomonidan Zakovat intellektual teleoʻyini va klubi tashkil etildi[4]. Teleoʻyin ilk bor Rossiyada „Nima? Qayerda? Qachon?“ (1975) nomi bilan tashkil etilgan[5]. Oʻzbekistonda tashkil etilayotgan yangi teleloyihaga dastlab „Zakovat“ deb nom berishda bir qancha muammolar boʻlgan[6]. Koʻrsatuv Yoshlar va „Oʻzbekiston“ telekanallarida, keyinchalik esa Milliy TVda namoyish qilingan.
Abdurasul Abdullayevga 2021-yil 31-avgustda Turon Fanlar Akademiyasining akademigi ilmiy unvoni berildi[7].
Mukofot va unvonlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi – 2021-yil 12-oktyabr[8][9].
- Mehnat shuhrati ordeni – 2009-yil[10].
- Turon Fanlar Akademiyasining akademigi – 2021-yil 31-avgust.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Abdurasul Abdullayev. Daqiqa qadri 1. Toshkent: Davr press, 2010 — 260-bet.
- Abdurasul Abdullayev. Daqiqa qadri 2. Toshkent: Davr press, 2019 — 320-bet. ISBN 978-9943-5534-5-3.
- Abdurasul Abdullayev. Daqiqa qadri 3. Toshkent: Davr press, 2019 — 320-bet. ISBN 978-9943-5534-6-0.
- Abdurasul Abdullayev. Zakovat zavqi. Toshkent: Azbo nashriyoti, 2023 — 432-bet. ISBN 978-9943-8885-1-7.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „«Zakovat» boshlovchisi loyihaning tug‘ilishi, muvaffaqiyati va og‘ir yillari hamda ilk bilimdonlar uni nega tark etgani haqida“. www.kun.uz. Qaraldi: 14-fevral 2025-yil.
- ↑ „«Zakovat» klubi prezidenti Abdurasul Abdullayev fuqarolarni referendumga befarq bo‘lmaslikka chaqirdi“. www.kun.uz. Qaraldi: 14-fevral 2025-yil.
- ↑
“Izlarim” ko‘rsatuvi, Abdurasul Abdullayev YouTubeda
- ↑ „Zakovat harakati haqida.“. www.zakovat.org. 2025-yil 19-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-oktabr 2024-yil.
- ↑ „1975-й год. Какие наши годы! Выпуск от 01.05.2011“. 2023-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-oktyabr.
- ↑ „«Zakovat» boshlovchisi loyihaning tug‘ilishi, muvaffaqiyati va og‘ir yillari hamda ilk bilimdonlar uni nega tark etgani haqida“. www.kun.uz. Qaraldi: 22-fevral 2025-yil.
- ↑ „Zakovat intellektual klubi“ (uz). Telegram. Zakovat intellektual klubi (2021-yil 31-avgust). Qaraldi: 2025-yil 22-fevral.
- ↑ „Prezident g‘olib “Zakovat”chilarni mukofotladi“. www.kun.uz. Qaraldi: 22-fevral 2025-yil.
- ↑ „Prezident «Zakovat» musobaqasi g‘oliblarini mukofotladi“. www.zakovatklubi.uz. Qaraldi: 22-fevral 2025-yil.
- ↑ „“Zakovat” ko‘rsatuvida yangi boshlovchi ish boshladi. Abdurasul Abdullayevga nima bo‘ldi?“. www.daryo.uz. Qaraldi: 22-fevral 2025-yil.