Abdulaxad Abdurashidov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdulaxad Abdurashidov
Tavalludi 11-iyun 1956-yil
Mukofotlari

Abdulaxad Abdulhamidovich Abdurashidov (1956.11.06, Margʻilon) — sozanda (naychi). Oʻzbekiston xalq artisti (2000). Fargʻona davlat musiqa bilim yurti (1975) va Toshkent davlat konservatoriyasini 1981-yil tugatgan. Margʻilondagi „Doʻstlik“ bolalar ansamblida badiiy rahbar (1983-90), Oʻzteleradio kompaniyasining „Maqom“ ansamblida sozanda (1990-yildan). Repertuaridan mumtoz va xalq cholgʻu kuylari („Choʻli Iroq“, „Yovvoyi Chorgoh“, „Qalandar“, eroncha „Shoda-shoda“ va boshqalar), oʻzbek ashula va katta ashulalarning cholgʻu yoʻllari („Figʻon“, „Hanuz“, „Ey, sabo“, „Bir kelsun“ va boshqalar) oʻrin olgan. Ijro uslubiga badihagoʻylik, musiqiy-ifodaviy vositalarning yorqinligi, shu jumladan noziq nolalardan mohirona foydalanish xosdir. Bastakor sifatida „Nay nolasi“, „Nigohing“ kabi kuylarni, „Fargʻona ekan doʻstlar“, „Margʻilon atlaslari“, „Paydo boʻlibdi“ va boshq ashulalarni yaratgan.[1][2][3]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]