Kontent qismiga oʻtish

Abdurahmon ibn Ziyod

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Abdurahmon ibn Ziyod ibn Abihiy
Umaviylar xalifaligi Xuroson viloyati
Mansab davri
678/679 – 681
Hukmdor Muoviya I (661–680)
Yazid I (680–683)
Oʻtmishdoshi Aslam ibn Zurʼa al-Kilobiy
Vorisi Salm ibn Ziyod
Shaxsiy maʼlumotlari
Vafoti Basra
Ota-onasi

Abdurahmon ibn Ziyod ibn Abihiy (arabcha: عبدالرحمن بن زياد) – 678/679–681-yillarda Umaviylar xalifaligining Xurosondagi hokimi. Viloyat boshqaruvini qoʻlga olgan arab qabilalari ustidan Umaviylar hokimiyatini qayta tiklagan, Xuroson viloyatining moliyaviy masalalarini nazorat qilgan va Damashqdan Umaviylar xazinasiga oʻlpon kelishini taʼminlagan.

Abdurahmon Umaviylarnig Iroqdagi hokimi Ziyod ibn Abihiyning toʻngʻich oʻgʻli, xalifalikning sharqiy qismlarining amaldagi noibi edi. Xalifa Muoviya I tomonidan Xuroson hokimi etib tayinlangan, bu davr uning akasi Ubaydulloh ibn Ziyodning Iroq va uning sharqiy hududlari, jumladan, Xuroson ustidan hokimlik qilgan davri bilan bir vaqtga toʻgʻri kelgan[2].

  1. Fariq 1966, s. 121.
  2. Shaban 1979, p. 39.