Abdurahmon Vali maqbarasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abdurahmon Vali maqbarasi — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik (14-asr). Maqbara (18,5x10,8 m) uch gumbazli, tarhi toʻgʻri burchakli. Ziyoratxona va ikki goʻrxonadan iborat. Ziyoratxonaning toʻrt tomoni ravokli. Shimoliyravoqda eshik oʻrni bor. Bosh tarzidagi peshtogʻining ikki burchagida tomga chiqiladigan zina, gʻarbiy devo-rida mehrob bor. Goʻrxona ikki murab-ba tarhli xona (4,85><4,7 m) dan ibo-rat boʻlib, biridan ikkinchisiga ravoq orqali oʻtilgan. Goʻrxonaning birida ikki qator ganch suvoqli katta-kichik sagʻanalar, ikkinchisida xom gʻishtdan qurilgan yirik sagʻana joylashgan. Bu xonalarning tomi dastlab gumbazli boʻlgan. Taʼmir vaqtida tekis tom va sinchli devorlar ishlangan. 1950-86-yillarda oʻrganilgan va taʼmir qilingan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil