Abduvali Abdurahimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Abdurahimov Abduvalidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Abduvali Abdurahimov (1935.5.6, Namangan viloyati Chortoq tumani Koroskon qishlog‘i) – O‘zbekiston Qahramoni (1999). Mehnat faoliyatini 1953 yilda jamoa xo‘jaligi a’zoligidan boshlagan. 1964 yildan Chortoq tumanidagi hozirgi "O‘zbekiston mustaqilligining 5 yilligi" shirkat xo‘jaligida brigada boshlig‘i. Abdurahimov rahbarlik qilgan brigada uzoq yillar davomida paxtachilik va g‘allachilikda yuqori natijalarga erishdi (1999 yilda 26 ga maydonda paxtadan 49 s/ga, 44 ga maydonda g‘alladan 62 s/ga hosil olindi). Paxtachilik va g‘allachilik sohalarida ko‘plab shogirdlar yetishtirgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil