Kontent qismiga oʻtish

Abduqodir Husanov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Abduqodir Husanov
Husanov 2023-yil Lans jamoasi libosida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Husanov Abduqodir Hikmat oʻgʻli
Tavallud sanasi 29-fevral 2004-yil
Tavallud joyi Toshkent, Oʻzbekiston
Boʻyi 186 m (610 ft 3 in)
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
RC Lans
Raqami 5
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2019—2021 Bunyodkor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2022—2023 FC Energetik-BGU Minsk 35 (4)
2023— RC Lans 24 (0)
2023— Lans B 1 (0)
Milliy terma jamoa
2020 Oʻzbekiston U17 2 (0)
2022 Oʻzbekiston U20 15 (0)
2023— Oʻzbekiston U23 9 (0)
2023— Oʻzbekiston 18 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2025-yil 11-yanvar uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2024-yil 19-noyabr uchun)

Abduqodir Husanov (2004-yil 29-fevralda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik professional futbolchi, Fransiyaning „RC Lans“ klubida va Oʻzbekiston milliy terma jamoasida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi[1][2][3][4][5][6].

Abduqodir Husanov 2004-yil 29-fevralda tugʻilgan.

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoshlik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekistonning „Bunyodkor“ klubi tarbiyalanuvchisi. U klubning 18 yoshgacha boʻlgan yoshlar toifasida oʻynagan.

Klublardagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil mart oyida Energetik-BGU klubiga oʻtdi[7][8]. Futbolchi „45“ raqamini oldi. Klubdagi debyutini 2022-yil 19-mart kuni Vitebsk klubiga qarshi oʻyinda asosiy tarkibda oʻtkazdi[9][10]. Ilk golini 2022-yilning 2-mayida „Neman Grodno“ klubiga qarshi oʻyinda kiritgan va 2 ta golli uzatma bergan[11]. 2022-yil 29-may kuni „Slaviya Mozir“ga qarshi oʻyinda birinchi golini penaltidan kiritdi[12][13]. 2022-yil avgust oyida Xalqaro sport tadqiqotlari markazi[14] maʼlumotlariga koʻra dunyoning eng istiqbolli futbolchilari roʻyxatiga kiritildi[15]. 2022-yilning dekabr oyida „Energetik-BGU“ klubi futbolchining klubda oʻynashda davom etishi eʼlon qilingan[16].

2023-yilning iyul oyida oʻzbek OAVlarida futbolchiga Fransiyaning „RC Lans“ jamoasidan qiziqish bildirilgani haqida xabarlar tarqaldi[17][18]. Keyinchalik, futbolchining fransuz klubi bilan shartnoma imzolashga yaqin qolgani haqida ham maʼlumotlar paydo boʻldi. 2023-yilning 24-iyul kuni Fransiyaning yetakchi jamoalaridan biri – RC Lens jamoasi bilan shartnoma imzolagan[19][20][21][22]. U Fransiyaning Oliy divizioni – Ligue 1 darajasida oʻynagan tarixdagi birinchi oʻzbekistonlik futbolchiga aylandi.

Terma jamoadagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

17 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasida oʻynagan. 2022-yilning iyun oyida 19 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasida debyut qilgan. 2023-yil mart oyida Toshkentda oʻtkazilgan Osiyo kubogi musobaqasida chempionlikni qoʻlga kiritdi[23]. 2023-yilgi U20 jahon chempionatida 4 ta uchrashuvda ishtirok etdi[24][25]. 2023-yil iyun oyida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida CAFA Millatlar Kubogi musoboqasida, Ummon terma jamoasiga qarshi oʻyinda ilk bor debyut qildi[26][27][28].

Faoliyat statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
2024-yil 22-dekabr kungi holatiga[29][30]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtiroki va gollari
Klub Mavsum Liga Milliy kubok[lower-alpha 1] Yevropa Boshqa Umumiy
Divizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Energetik-BGU 2022 Belorussiya Premyer-ligasi 27 3 2 0 29 3
2023 8 1 0 0 8 1
Total 35 4 2 0 37 4
Lens 2023–24 Fransiya 1-ligasi 11 0 0 0 4[lower-alpha 2] 0 15 0
2024–25 Fransiya 1-ligasi 13 0 1 1 2[lower-alpha 3] 0 16 1
Total 24 0 1 1 6 0 31 1
Lens B 2023–24 Championnat National 3 1 0 1 0
Cateer total 60 4 3 2 6 0 0 0 68 5
  1. Bunga Belarus kubogi, Fransiya kubogi kiradi
  2. UEFA Chempionlar Ligasida ikkita o‘yin, UEFA Yevropa Ligasida ikkita o‘yin
  3. UEFA Konferensiya ligasidagi ishtiroki

International

[tahrir | manbasini tahrirlash]
2024-yil 19-noyabr kungi holatiga[31]
Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar
Terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Oʻzbekiston 2023 7 0
2024 11 0
Total 18 0
Terma jamoa

Shaxsiy sovrinlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Oʻzbekistonda mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi: 2023

Unvon va mukofotlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Kelajak bunyodkori“ medali[32]

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abduqodir taniqli futbolchi va hozirda Bunyodkor akademiyasida murabbiylik qilayotgan Hikmat Hoshimovning oʻgʻli hisoblanadi[33][34].

  1. „«Ланс»га ўтган Абдуқодир Ҳусанов ким ўзи?“. iff.uz.
  2. „QUI EST ABDUKODIR KHUSANOV ?“. onefootball.com.
  3. Includes Belarusian Cup, Coupe de France
  4. Two appearances in UEFA Champions League, two appearances in UEFA Europa League
  5. Appearances in UEFA Conference League
  6. „Абдуқодир Ҳусанов - жаҳоннинг келажаги энг порлоқ 250 нафар футболчисидан бири“. 2023-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-may.
  7. Abdukadir Xusanov v „Energetike“-BGU[sayt ishlamaydi]
  8. Abdukadir Xusanov v „Energetike“-BGU[sayt ishlamaydi]
  9. „Energetyk-BGU vs. Vitebsk“ (en). soccerway.com (2022-yil 19-mart).
  10. Visshaya liga, 1 tur. „Energetik-BGU“ viigral u „Vitebska“
  11. „Neman Grodno vs. Energetyk-BGU“ (en). soccerway.com (2022-yil 2-may).
  12. „Energetyk-BGU vs. Slavia“ (en). soccerway.com (2022-yil 29-may).
  13. „Четверо из "Энергетика-БГУ", трое из БАТЭ, двое — чемпионы страны. Символическая сборная высшей лиги“ (ru). football.by (2022-yil 15-noyabr).
  14. „Абдукодир Хусанов в списке самых перспективных игроков мира!“ (ru). energetikbgu.by (2022-yil 30-avgust). 2022-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-sentyabr.
  15. „Абдуқодир Ҳусанов - жаҳоннинг келажаги энг порлоқ 250 нафар футболчисидан бири“. 2023-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-iyul.
  16. „На сегодня наряд: уборка снега — тридцать человек! "Энергетик-БГУ" начал подготовку к сезону“ (ru). football.by (2022-yil 8-dekabr).
  17. „Эшитдик-да! Абдуқодир Ҳусанов Франция вице-чемпиони сафига ўтишга яқин“ (uz). championat.asia (2023-yil 11-iyul).
  18. „Защитник «Энергетика-БГУ» Хусанов перешел в «Ланс» («Беларусский футбол»)“ (ru). by.tribuna.com (2023-yil 11-iyul).
  19. „Хусанов прибыл в Ланс для завершения перехода в одноименный клуб“ (ru). football.by (2023-yil 21-iyul).
  20. „Le défenseur Abdukodir Khusanov arrive à Lens“ (fr). lequipe.fr (2023-yil 20-iyul).
  21. „РАСМАН! Абдуқодир Ҳусанов "Ланс" билан 4 йиллик шартнома имзолади“. 2023-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-iyul.
  22. „"Ланс" клуби Ҳусановнинг трансферини тасдиқлади“. 2023-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-iyul.
  23. „Осиё чемпиони Абдуқодир Ҳусанов Беларусь чемпионати 2-тур рамзий терма жамоасида!“. 2023-yil 28-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-iyul.
  24. „Молодежный (U-20) чемпионат мира. Италия обыграла Бразилию, Узбекистан с Хусановым уступил Аргентине и другие матчи“ (ru). football.by (2023-yil 22-may).
  25. „O’zbekiston U-20 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ishtirokini yakunladi“ (uz). ufa.uz (2023-yil 31-may).
  26. „Аббосбек Файзуллаев ва Абдуқодир Ҳусанов миллий терма жамоада дебют ўйинларини ўтказишди“. 2023-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-iyul.
  27. „Кубок наций CAFA. Узбекистан с Хусановым сыграет в финале с Ираном, Кыргызстан с Шукуровым поборется за 3-е место“ (ru). football.by (2023-yil 17-iyun).
  28. „Кубок наций CAFA. Узбекистан с Хусановым уступил в финале Ирану“ (ru). football.by (2023-yil 20-iyun).
  29. Abduqodir Husanov Soccerway saytida. Qaralgan sana: 30 April 2023.
  30. „Abduqodir Husanov - Soccer player profile & career statistics“. Global Sports Archive.
  31. Abduqodir Husanov National-Football-Teams.com saytida Buni Vikimaʼlumotlarda tahrirlash
  32. „Prezident sportchi va murabbiylardan bir guruhini mukofotladi“. Uzreport.news. Qaraldi: 5-avgust 2024-yil.
  33. „Ҳикмат Ҳошимовнинг 18 ёшли ўғли Беларусь чемпионатини "ёндирмоқда"“. 2023-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-iyul.
  34. „Главный узбекский талант близок к переходу в «Ланс». Кто такой Абдукодир Хусанов?“ (ru). sports.ru (2023-yil 11-iyul).