Abduqahhor Ibrohimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Abduqahhor Abdusamatovich Ibrohimov (1939.16.8, Toshkent) — yozuvchi, dramaturg , publitsist, Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi (1990). Toshkent unti filologiya fakultetining jurnalistika boʻlimini tugatgan (1962). "Oʻzbekiston madaniyati" gaz. da adabiy xodim va budim mudiri (1962—72), "Guliston" jur. da masʼul kotib (1972—75), "Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati" gaz.da boʻlim mudiri (1978— 84), Oʻzbekiston Madaniyat vazirligida repertuar-tahrir hayʼati bosh muharriri (1984—86), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida konsultant va yetakchi konsultant (1990—93), Respublika "Maʼnaviyat va maʼrifat" markazida bosh mutaxassis (1994 y.dan). Adabiy faoliyati 60-y. larda boshlangan. "Qoya ostida" (1972), "Soʻnggi nur" (1977), "Osmon yaqin, yer yumshoq" (1982) hikoyalar toʻplamlari, "Uyqu kelmas kechalar" (1998) romani muallifi. "Til — taqdir demak" (1990), "Vatan tuygʻusi" (hamkorlikda, 1996), "Bizkim, oʻzbeklar" (1999) kabi badiiy va siyosiy publitsistik asarlarida til, koʻhna milliy davlatchiligimiz tarixi aks ettirilgan. "Bi-rinchi boʻsa" lirik dramasi "Yosh gvardiya" (hoz. Abror Hidoyatov nomli) teatrida sahnalashtirilgan (1971). Bundan tashqari, "Arra" (1971), "Mayli, mayli" (1972), "Zoʻldir" (1973), "Meni aytdi demang" (1973), "Tani-sangiz kerak" (1974), "Sochqi" (1976), "Tovushsiz karsaklar" (1980), "Oʻzbekcha nikoh" (1993), "Shaytonning yoʻli" (1994) va b. pyesalari Oʻzbekistonda va b. davlatlarning teatrlarida sahnalashtirilgan. "Mehnat shuxrati" ordeni bilan mukofotlangan (1999). [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil