Abduqahhor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abduqahhor (XV asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan xurosonlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning beshinchi majlisida tilga olingan. Navoiy uning otasi saroyda amir lavozimida ishlagani, bahodir kishi bo‘lgani, lekin o‘g‘liga bunday xislatlardan hech biri o‘tmagani, muammo ilmida qobiliyati borligi haqida ma’lumot beradi. XondamirHabib us-siyar”da Abduqahhorning Abulqosim Bobur hamda qozi Qutbiddin Muhammad vafotiga bag‘ishlangan ikki ta’rixini keltiradi. “Majolis un-nafois”da uning “Humom” ismiga bitilgan bir muammosi tilga olingan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at". "Sharq" NMAK, 2016.