Kontent qismiga oʻtish

Abdulvohid Zakariyo ibn al-Lihyoniy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Abdulvohid Zakariyo ibn al-Lihyoniy
Hafsiylar saltanati xalifasi
Saltanat 1311–1317
Oʻtmishdoshi Abu al-Baqo Xolid an-Nasr
Davomchisi Abu al-Abbos Ahmad
Tugʻilishi 1253
Vafoti 1253
Iskandariya
Sulola Hafsiylar
Dini Islom

Abdulvohid Zakariyo ibn al-Lihyoniy (arabcha: أبو يحيى زكرياء اللحياني) – Ifriqiyadagi Hafsiylar xalifasi (1311–1317)[1][2].

Hokimiyatga koʼtarilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1295-yilda Abu Osida Muhammad II tomonidan al-Lihyoniy „Muvahhid shayxi“ lavozimiga tayinlangach, uning xalifalikdagi mavqei oshdi. Ushbu yuqori mansab orqali u armiya va tashqi siyosatni oʻz nazorati ostiga oldi. Al-Lihyoniy Abu Osida bilan Abu al-Baqo Xolid an-Nasriy oʻrtasida Béjaïa hududining vorislik masalasini tartibga soluvchi kelishuvni muvofiqlashtirdi[3]. 1305-yilda u Venetsiya Respublikasi bilan muzokara olib borib, muvaffaqiyatli tarzda savdo shartnomasini tuzdi. Shuningdek, Tunisdagi Catalan yollanma qoʻshinlari ustidan boshqaruv masalasida Aragon qiroli James II bilan doʻstona yozishmalar olib bordi. Bu qoʻshinlar rasmiy jihatdan Aragon qiroli ixtiyorida xizmat olib borardi. 1301-yilda esa Tunis bilan Aragon oʻrtasida oʻn yillik sulh tuzdi. 1302-yil 20-may sanasidagi maktubida James II uni olib borgan muzokaralar chogʻida koʻrsatgan „yaxshi niyat va chuqur hurmat-ehtiromi“ uchun „aqlli va tadbirli“ maslahatchi sifatida yuqori baholagan. 1306-yilda al-Lihyoniy armiya qoʻmondoni sifatida Djerba orolini nasroniylar nazoratidan ozod qilish uchun harbiy yurish uyushtirdi. Harakat muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlandi, biroq u Tunisga qaytish oʻrniga Sharqqa, Haj safariga yoʼlga otlangan karvonga qoʻshildi[4]. Hajdan qaytib kelgach, Tripoliga joylashib oldi. Abu Osida 1309-yilda vafot etgan paytda al-Lihyoniy aynan Tripolida edi[3].

Abu al-Baqoning ukasi Abu Bakr Béjaïada qoʻzgʻolon koʼtarganidan soʻng al-Lihyoniy Tripoli qabilalaridan yigʼilgan qoʻshin bilan Tunis sari yurishni boshladi. Uning hokimiyatni muvaffaqiyatli tarzda egallab olishidagi hal qiluvchi omil Tunis koʻrfazida Sitsiliya kemalarining unga yordamga kelishi, shuningdek, poytaxtdagi Catalan yollanma qoʻshinlari tomonidan koʼtarilgan isyon edi[5]. Hokimiyatga kelgach, 1313-yilda al-Lihyoniy Aragon qiroli James II bilan maxfiy yozishmalar olib bordi. Bu muloqotda Catalan qoʻshinlari qoʻmondoni vositachilik qildi. U James II ga uning nasroniy boʻlganini eslatib, xristian diniga oʻtishni istayotganini bildirgan va siyosiy jihatdan Aragon uni qoʻllab-quvvatlashini soʻragan[6].

Al-Lihyoniy taqvodorligi va qonunga rioya qiluvchi rahbar sifatida obroʻ orttirdi. Sharqda boʼlgan paytida u diniy olim Ibn Taymiyya bilan uchrashgan va Hafsiylar hududini molikiylik fiqh maktabi asosida boshqarishga intilgan. Uning adolatga boʻlgan hurmati shu darajada ediki, hatto oʻz oʻgʻli qotillikda ayblanganida uni hech bir qarshiliksiz qoziga topshirgan[7].

Ehtimol, al-Lihyoniyning nasroniy diniga oʻtish istagini bildirgan yozishmalari taʼsirida Ramon Llul 1314-yilda oʻzining oxirgi missionerlik safarini Tunisga amalga oshirgan. U James II tomonidan al-Lihyoniyning nomiga yozilgan tavsiyanomalarni olib kelgan, tunischa liboslarda yurgan va tashrifi davomida diplomatik tutumni saqlagan. U mahalliy hokimiyat tomonidan hech qanday toʻsiqlarsiz ilm olish, kishilar bilan suhbatlashish va ijod qilish huquqiga ega boʻlgan. Llul 1315-yil dekabrida Tunisda oʻzining soʻnggi asarini yozgan va shundan koʻp oʻtmay vafot etgan, deb taxmin qilinadi[8]. Al-Lihyoniy esa hech qachon nasroniylikka oʻtmagan va ehtimol bularning barchasi faqatgina Aragonning qoʼllab-quvvatlovini iloji boricha uzoq davom etishi uchun urinish boʼlgan[9][10].

Tunisda boʻlgan vaqtida Llul taxminan 30 ta risola yozdi. Ularning baʼzilari katalan tilida, boshqalari arab tilida boʻlib, ular orasida „Liber de Deo et suis propriis qualitatibus infinitis“, „Liber de bono et malo“, „Liber de participatione cristianorum et sarracenorum“, „Liber de inventione majore“, „Liber de agentia majore“, „Ars consilii“ va „Liber de Deo et de mundo“ kabi asarlar bor edi. 1315-yilda Llul oʻz shogirdlaridan biri Simon de Puigsérdani Tunisga olib keldi. Bu rohib Llul ilgari yozgan taxminan 15 ta risolani lotin tiliga tarjima qildi, ularning baʼzilari esa „juda dono“ Abu Yahyo Zakariyo al-Lihyoniy va uning „aqlli ruhoniylari“ (clericis sapientibus)ga bagʻishlangan edi[11].

Taxtdan voz kechishi va merosxoʼri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Al-Lihyoniy hukmronligining aksar davrida Bejaïa sultoni Abu Bakr gʻarbdan doimiy hujumlar bilan tahdid qilardi. Shuning uchun 1316-yilda u hokimiyatni uning qoʼliga topshirishga tayyorgarlik koʻrishni boshladi. Al-Lihyoniy Abu Bakrni hurmat qilgan va oxir-oqibat uning Tunisda hokimiyatni egallashi muqarrar ekanini anglagan edi. Shuning uchun al-Lihyoniy qoʻlida bor barcha qimmatbaho narsalarni yigʻib, ularni sotdi. Bular orasida Hafsiylar sulolasining asoschisi Abu Zakariyoning kutubxonasi ham bor edi. Shu yoʻl bilan u 2000 funt oltin va ikkita katta sumkaga sigʻadigan yetarli miqdorda yirik marjon va rubin toʻplagan[12].

1317-yil mart oyida al-Lihyoniy viloyatlarni kezishini eʼlon qilib, poytaxtni tark etdi. Aslida u toʻgʻridan-toʻgʻri Gabesga yoʻl olgan edi. Tunisdagi armiya boshliqlari Abu Bakr yaqinlashayotganini xabar qilinganda al-Lihyoniy: „Sizda pul va qoʻshin bor, men qilayotgan harakatlaringizni maʼqullayman“, deya javob bergan edi. Al-Lihyoniy Tunisni tark etgach, uning oʻgʻli Abu Darba Muhammad al-Mustansir qamoqdan ozod qilinib, xalifa deb eʼlon qilindi. U 1317–1318-yillarda faqat toʻqqiz oy davomida hukmronlik qildi, soʼngra Abu Bakr Tunisga kirganidan soʻng qochishga majbur boʻldi. U Mahdia shahrida kuchlarini yigʻishga harakat qildi va Tlemcendagi Zayyoniylar sulolasidan yordam soʻradi, ammo oxir-oqibat yana qochishga majbur boʻldi. U Tlemcendan boshpana topdi va oʼsha yerda 1323-yilda vafot etdi. Al-Lihyoniy esa dastlab Tripoliga ketdi, oʻgʻli Mahdiani tark etishga majbur boʻlganida esa Sitsiliya qiroli Frederick III tomonidan taqdim etilgan kemaga chiqib, Iskandariyaga qochdi. Tarixchi Ibn Xaldun tomonidan berilgan maʼlumotlarga koʻra, u umrining soʼnggi oʻn yilini tinch va farovonlikda yashab, 1326-yilda vafot etgan[13][14]:143.

  1. Ilahiane, Hsain. Historical Dictionary of the Berbers (Imazighen). Lanham Maryland: The Scarecrow Press, 2006 156-bet. ISBN 978-0-8108-5452-9. 
  2. Muzaffar Husain Syed. Concise History of Islam. Vij Books India Pvt Ltd, 2011-09-14 148-bet. ISBN 978-93-82573-47-0. 
  3. 1 2 Jamil M. Abun-Nasr. A History of the Maghrib in the Islamic Period. Cambridge University Press, 20 August 1987 125–-bet. ISBN 978-0-521-33767-0. Qaraldi: 2021-yil 8-fevral. 
  4. Lower, Michael (2009). "Ibn al-Lihyani: sultan of Tunis and would-be Christian convert (1311-18)". Mediterranean Historical Review 24 (1): 17–27. doi:10.1080/09518960903000744. https://directory.cla.umn.edu/items/publication/297507.pdf. Qaraldi: 8 February 2021.Abdulvohid Zakariyo ibn al-Lihyoniy]]
  5. John France. Journal of Medieval Military History. Boydell & Brewer, 20 October 2016 117-bet. ISBN 978-1-78327-130-6. 
  6. Jamil M. Abun-Nasr. A History of the Maghrib in the Islamic Period. Cambridge University Press, 20 August 1987 125–-bet. ISBN 978-0-521-33767-0. Qaraldi: 2021-yil 8-fevral. 
  7. Lower, Michael (2009). "Ibn al-Lihyani: sultan of Tunis and would-be Christian convert (1311-18)". Mediterranean Historical Review 24 (1): 17–27. doi:10.1080/09518960903000744. https://directory.cla.umn.edu/items/publication/297507.pdf. Qaraldi: 8 February 2021.Abdulvohid Zakariyo ibn al-Lihyoniy]]
  8. Hillgarth, J.N.. Ramon Lull and Lullism in Fourteenth-Century France. Oxford: Clarendon Press, 1971 27-bet. 
  9. Ruiz, Josep Maria; Soler, Albert (2008). "Ramon Llull in his Historical Context". Catalan Historical Review 1 (1): 56. doi:10.2436/20.1000-yil, 4-yanvar. https://www.raco.cat/index.php/CatalanHistoricalReview/article/download/131013/180935. Qaraldi: 8 February 2021.Abdulvohid Zakariyo ibn al-Lihyoniy]]
  10. Sebastián Garcías Palou. El Miramar de Ramón Llull. Diputación Provincial de Baleares, 1977 256-bet. ISBN 978-84-600-1020-3. 
  11. Benhamamouche, Fatma. „Ramon Llull and His Islamic Undertaking“. Institut Europeu de la editerránia. Qaraldi: 2021-yil 9-fevral.[sayt ishlamaydi]
  12. Lower, Michael (2009). "Ibn al-Lihyani: sultan of Tunis and would-be Christian convert (1311-18)". Mediterranean Historical Review 24 (1): 17–27. doi:10.1080/09518960903000744. https://directory.cla.umn.edu/items/publication/297507.pdf. Qaraldi: 8 February 2021.Abdulvohid Zakariyo ibn al-Lihyoniy]]
  13. Lower, Michael (2009). "Ibn al-Lihyani: sultan of Tunis and would-be Christian convert (1311-18)". Mediterranean Historical Review 24 (1): 17–27. doi:10.1080/09518960903000744. https://directory.cla.umn.edu/items/publication/297507.pdf. Qaraldi: 8 February 2021.Abdulvohid Zakariyo ibn al-Lihyoniy]]
  14. Brunschwig, Robert. La Berberie Orientale sous les Hafsides. Adrienne-Maisonneuve, 1940. 
Oʻtmishdoshi:
Abu al-Baqo Xolid an-Nasr
Hafsiylar sulolasi
1311–1317
Vorisi:
Abu-Darbo Muhammad