Abdulvahhob Mirzo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abdulvahhob Mirzo (? - 1860— 70 yillar, Kitob sh.) — buxorolik xattot. Arab va fors tillaridagi 100 ga yaqin qoʻlyozmani shikasta va nasta’liq xatida koʻchirgan. A. koʻchirgan asarlar-dan ba’zilari (Jaloliddin Rumiyning masnaviylari va Nozim Hiraviyning "Yusuf va Zulayho"si) Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fon-dida saqlanadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil