Abd al-Malik I (Somoniy)
Abd al-Malik I (Somoniy); Abdulmalik ibn Nuh (944-961) - Moveraunnahr hukmdori (954/5 - 961/2); somoniylar amiri (954–961). Somoniylar sulolasidan.
Otasi Nuh ibn Nasr vafotidan keyin oʻn yoshida taxtga oʻtiradi. Nuh ibn Nasr davrida buvayhiylar bilan boshlangan urush A. N. davrida (956) yarash bilan yakun topadi. A. N. davrida davlatni idora qilishda lashkarboshilarning mavqei baland boʻlgan. Mas, buyuk hojiblik mansabiga tayinlangan Alpteginning obroʻsi oshib ketganidan xavfsirab, uni mansabidan chetlatmoqchi boʻlgan, biroq uddasidan chiqa olmagan. A.N. chavgon oʻynab turib, otdan yiqilib halok boʻladi.[1]
Adabiyotlar[tahrir]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar[tahrir]
Somoniylar sulolasi | ||||
|
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |