Abdulloh ibn Vahb ar-Rosibiy
Abdulloh ibn Vahb ar-Rosibiy (arabcha: عبد الله بن وهب الراسبي; 658-yil 17-iyulda vafot etgan) – Xorijiylar yetakchilaridan biri[1]. Bajila qabilasidan boʻlgan tobeinlardan.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abdulloh ibn Vahb dastlab Saʼd ibn Abu Vaqqos qoʻmondonligi ostida Iroqning fath etilishida ishtirok etgan. Birinchi fitna davomida Jamol va Siffin jangida (657) xalifa Ali tarafdorlaridan boʻlgan. Biroq Alining urushni yakunlash uchun hakamlik (arbitraj) qarorini tan olishini qattiq tanqid qilgan va bu qarorga rozi boʻlmagan boshqa kishilar bilan birga Xorijiylar deb atalgan muxolif guruhga qoʻshilgan. Ular dastlab Harurada (Iroqda) yigʻilganlar, keyichalik esa Kufaga koʻchib oʻtishgan. Kufa shahrida Xorijiylar Abdulloh ibn Vahbni amir (qoʻmondon) etib saylaganlar (baʼzi manbalarda uni „chin xalifa“ deb notoʻgʻri maʼlumot berilgan, ammo u xalifa emas, faqatgina harbiy yetakchi boʻlgan)[2]. 658-yil mart oyida Xorijiylar yurish boshlagan, biroq 17-iyul kuni (38-hijriy yil Safar oyi) boʻlib oʻtgan Nahravon jangida xalifa Alining qoʻshinlari tomonidan tor-mor etilgan. Abdulloh ibn Vahb ar-Rosibiy aynan shu jangda oʻldirilgan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Kenney (2006), calls him „the first ‘Kharijiteʼ caliph“.
- ↑ 2,0 2,1 Gibb (1960).