Abdulloh ibn Komil ash-Shokiriy
Abdulloh ibn Komil ash-Shokiri (arabcha: عبد الله بن كامل الشاكري) Muxtor as-Saqafiy qoʻshini tarkibida qoʻmondon boʻlgan. Basrada (yoki baʼzi manbalarda Ahvozda) tugʻilgan. 686-yili Madhar va Haruro janglarida Zubayriylar qoʻshini tomonidan oʻldirilgan[1].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abdulloh ibn Komil 639-yilda Basrada (baʼzi manbalarda Ahvozda) tugʻilgan. Dastlab tuyalarga qarovchi choʻpon boʻlgan, biroq 659-yilda Muxtor as-Saqafiy bilan uchrashganidan soʻng uning qoʻshiniga qoʻshilib, Husayn ibn Aliga yordam berish va Umaviylar qoʻshiniga qarshi kurashishga qaror qilgan. 680-yilda Husayn ibn Ali Umaviylar qoʻshini tomonidan shahid qilingach, Abdulloh Husayn, uning oilasi va doʻstlarining qotillaridan qasos olishga bel bogʻlagan. Abdulloh Ayn al-Varda jangida Tavvobinlar bilan, inqilob paytida Muxtor bilan birga jang qilgan. Shu davrda u Husayn ibn Alining qotillaridan boʻlgan Xavliy ibn Yazid al-Asbohiy[2], Zayd ibn Raqqod al-Janabiy[3] va boshqa koʻplab qotillarni oʻldirgan. Shuningdek, u Madhar va Haruro janglarida qatnashgan, bu janglarda koʻplab Zubayriy askarlarini yoʻq qilgan, ammo aynan shu janglarning birida oʻzi ham halok boʻlgan[4]. Uning oʻldirilishi Muxtorning qoʻshiniga kuchli taʼsir koʻrsatgan va ruhiy zarba boʻlgan[5][6].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ تاريخ الرسل والملوك – الطبري – الجزء السادس – ذكر خبر قتل مصعب المختار بن أبي عبيد
- ↑ البداية والنهاية – ابن كثير – الجزء الثامن – مقتل مقتل خولي بن يزيد الأصبحي الذي احتز رأس الحسين
- ↑ الكامل في التاريخ – ابن الأثير – ج 4 – الصفحة 243
- ↑ البداية والنهاية – ابن كثير – الجزء الثامن – مقتل المختار بن أبي عبيد على يدي مصعب بن الزبير
- ↑ „سرنوشت شوم قاتلان امام حسین(ع) - تسنیم“ (fa). خبرگزاری تسنیم | Tasnim. Qaraldi: 2024-yil 5-may.
- ↑ „امام زمان کدام یک از قاتلان عاشورا را لعنت کرده است/ بن طفیل،آخرین ضربه زننده به عباس بن علی(ع)“ (fa). fa. Qaraldi: 2024-yil 5-may.