Kontent qismiga oʻtish

Abdulloh ibn Ali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdulloh ibn Ali
عبد الله بن علي
Suriya noibi
Abbosiylarning Suriyadagi noibi
Saltanat 750 — 754
Davomchisi Solih ibn Ali
Regent al-Saffah
Tugʻilishi 712
Vafoti 764
Uy Abbosiylar
Otasi Ali ibn Abdulloh ibn al-Abbos

Abu Muhammad Abdulloh ibn Ali (arab. أبو محمد عبد الله بن علي; milodiy 712 – 764 yillar) Abbosiylar sulolasining aʼzosi boʻlib, Abbosiylar inqilobi davrida sulolaning hokimiyat tepasiga kelishida yetakchi rol oʻynagan. Suriya noibi sifatida u Abbosiylarning viloyat ustidan nazoratini mustahkamladi, Umaviylar sulolasining oxirgi vakillarini ham yoʻq qildi va Umaviylar tarafdorlari qoʻzgʻolonlarini bostirdi. 754-yilda jiyani va birinchi abbosiy xalifasi as-Saffah vafot etgach, u as-Saffahning ukasi al-Mansur bilan xalifalik unvoni uchun kurashni boshladi, biroq magʻlubiyatga uchradi va qamoqqa tashlanadi. U 764 yilda oʻldirilgan[1].

Abbosiylar inqilobidagi roli[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdulloh Abbosiylar oilasining aʼzosi boʻlib, birinchi ikki abbosiy xalifasi as-Saffah (750 – 754) va al-Mansur (754 – 775)ning amakisi edi. 749-yil boshlariga kelib, Abu Muslim davrida Xurosonda boshlangan Umaviylarga qarshi qoʻzgʻolon xalifalikning sharqiy yerlarida muvaffaqqiyatga erishdi va Xuroson qoʻshinlari Gʻarbga, Forsdan oʻtib, Iroq chegaralarigacha yetib borishdi. Abbosiylar nazoratini mustahkamlash uchun as-Saffah endi oʻz oilasi aʼzolarini qoʻshinlarga qoʻmondonlik qilib tayinladi: uning akasi, boʻlajak al-Mansur Vosit qamalini boshqarishga, Abdulloh esa Umaviylar xalifasi Marvon II ga qarshi kurashga yuborildi[2]. Shu tariqa Abbosiylar qoʻshinlari Marvon II ni magʻlubiyatga uchratgan Zab jangida oliy qoʻmondonlikni Abdulloh oʻz qoʻliga oldi va Marvonni taʼqib qilishga boshchilik qildi, avval Suriyaga yurdi, Umaviylar poytaxti Damashqni oldi. Marvon Misrga qochdi uning ukasi Solih ham Marvonga ortidan Misrga boradi, u yerda Umaviylar hukmdori asirga olinadi va qatl etiladi[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Zetterstéen 1987, pp. 22–23.
  2. Kennedy 2004, pp. 125–128.
  3. Grohmann & Kennedy 1995, p. 985.