Abdulloh ansoriy maqbarasi
Jump to navigation
Jump to search
Abdulloh ansoriy maqbarasi – Hirot (Afg‘oniston)dagi me’moriy yodgorlik (1425–29) va mashhur ziyoratgoh. Hazira – maqbara atrofi 30 hujra – xilxona bilan o‘ralgan, oldida baland peshtoq. Hujralar gumbaz tomli, ularda asosan, temuriylar avlodi – Hirot hukmdorlarining qabrlari bo‘lib, oq, qora marmar qabrtoshlar o‘rnatilgan. Ansoriy qabri ustiga key-inchalik Bobur oq marmardan yodgorlik (bal. 7,5 m) o‘rnattirgan (saqlanmagan). Xona bezagida sirlangan g‘isht, parchin va marmar, girih naqshlari ishlangan, kufiy uslubda xatlar bitilgan.
Adabiyotlar[tahrir]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |